Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

“Telekommunikatsiya tarmog‘i va abonent lokal tarmoqlarini rejalashtirish, qurish va ishga tushirish” mavzusidagi o‘quv kursi yakunlandi

 

“O‘zbektelekom” AKning “TMS Hub” filiali tomonidan mutaxassis xodimlarning telekommunikatsiya va abonent lokal tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Telekommunikatsiya tarmog‘i va abonent lokal tarmoqlarini rejalashtirish, qurish va ishga tushirish” mavzusidagi o‘quv kursi yakunlandi.
 

Kurs doirasida tinglovchilarning optik signal so‘nishining me’yoriy ko‘rsatkichlari va optik tarmoq parametrlarini hisoblash, optik hamda Ethernet o‘lchash asboblari yordamida tarmoqlarni sinovdan o‘tkazish, shuningdek, abonent lokal tarmog‘i qurilmalarini sozlash bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi.
 

Nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar telekommunikatsiya va abonent lokal tarmoqlarini rejalashtirish, qurish va ishga tushirish, optik tarmoq parametrlarini hisoblash hamda aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Yangilik bilan ulashish