UZTELECOM uy interneti imkoniyatlarini kengaytirmoqda
Bugungi kunda uy interneti kundalik hayotning muhim qismiga aylanib, tobora ko‘proq raqamli xizmatlarni birlashtirmoqda. Bir vaqtning o‘zida tarmoqqa smartfonlar, noutbuklar, planshetlar, smart-televizorlar, o‘yin qurilmalari, videokuzatuv tizimlari va “aqlli uy” elementlari ulanmoqda. Onlayn ta’lim, masofaviy ish, videoaloqa, striming xizmatlari hamda raqamli platformalar ulanish sifati va ma’lumot uzatish tezligiga nisbatan yangi talablarni shakllantirmoqda.
Raqamli kontent iste’molining ortishi va ulangan qurilmalar sonining ko‘payishi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etishni talab etmoqda. Butun dunyoda aloqa tarmoqlarini rivojlantirish yanada unumdor va yuqori tezlikdagi texnologiyalarga o‘tish bilan birga olib borilmoqda. Bunday texnologiyalar raqamli xizmatlardan foydalanishda barqarorlik va qulaylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Zamonaviy tendensiyalarga amal qilgan holda va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratib, AK «O‘zbektelekom» internetga simli kirish sohasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda yangi yechimlarni joriy etishni davom ettirmoqda. Kompaniya tarmoqni izchil modernizatsiya qilib, texnik imkoniyatlarni kengaytirish orqali raqamli muhitni yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2026-yil 2-iyundan boshlab uy internetining ayrim tarif rejalari uchun xizmat ko‘rsatishning yangilangan shartlari kuchga kiradi. Mazkur o‘zgarishlar tarmoqni rivojlantirish dasturining bir qismi bo‘lib, internetga simli kirish xizmatlarini takomillashtirish, ulanish sifatini oshirish va yuqori tezlikdagi internet imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Yangilanishlar doirasida xizmatlardan foydalanish shartlarini yaxshilash, jumladan internet tarmog‘iga kirish tezligini oshirish, abonentlar uchun mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek abonent to‘lovlari miqdorini o‘zgartirish nazarda tutilgan.
UZTELECOM xizmatlar sifatini oshirish va foydalanuvchilar uchun ishonchli texnologik infratuzilmani yaratishga yo‘naltirilgan holda, tarmoqni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga investitsiya kiritishda davom etmoqda.