20 Fevral 2020

UZMOBILE vakillarining hamkorlar bilan uchrashuvlari O‘zbekiston viloyatlarida bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 18-21 fevral kunlari Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida dilerlik tashkilotlari rahbarlarining “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali rahbariyati bilan navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlar davomida qatnashchilar o‘tgan yil yakunlarini sarhisob qildilar hamda kelgusidagi hamkorlik rejalarini tuzdilar.

Majlis kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
 

  • 2019 yilda amalga oshirilgan loyihalar haqida
  • 2019 yilda dilerlar tarmog‘ining o‘sish dinamikasi
  • Asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi
  • Yangi loyihalar

Uchrashuvlar samimiy muhitda bo‘lib o‘tdi. Dilerlik tashkilotlari rahbarlari uchun 2019 yildagi barcha muhim ko’rsatkichlar, shuningdek Milliy operator va hududiy agentliklar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar aks ettirilgan taqdimot namoyish etildi.

Bugungi kunda Kompaniya bilan hamkorlik qilayotgan tashkilotlar 245 tani tashkil etmoqda, 2019 yilda dilerlik punktlarining umumiy soni 1559 taga yetdi.

2019 yil “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali uchun juda ham omadli yil bo‘lgani va agentlar bilan ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani hamda hamkorlikka alohida mas’uliyat bilan yondashilgani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, Kompaniya vakillari UZMOBILE hozirda chakana savdo nuqtalarida xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga yordam beradigan innovatsion digital-vositalarni joriy etish yo‘lida ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Ushbu loyiha Kompaniyaning viloyat markazlari va dilerlik kompaniyalarini e’tibordan chetdan qoldirmaydi.

Har bir uchrashuv yakunida eng faol va sodiq dilerlarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlari topshirildi.           

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing