08 Avgust 2022

Yaratilgan qulaylik yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘ldi



Bugungi kunda yurtimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijasida respublikamizning olis hududlarida ham telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

Xususan, Denov MFY va To‘zolli qishlog‘i Olot tumani markazidan 8 km uzoqlikda joylashgan. Lekin ayni paytda mazkur hududlar aholisi uchun onlayn muloqot, onlayn xarid yoki masofaviy ta’lim tushunchalari begona emas. Ular bugun yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan samarali foydalanish afzalliklarini yaxshi bilishadi.

Sababi, “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali va tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan ushbu hududlarga 1800 metr uzunlikda optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Xonadonlarga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga zamonaviy GPON texnologiyasi orqali ulanish imkoniyati taqdim etildi.

Hudud aholisining ta’kidlashicha, yaratilgan sharoit mahalla va qishloq yoshlari uchun katta imkoniyat bo‘lgan. Oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirish yoki bilimlarini mustaqil ravishda mustahkamlash borasida qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lishgan. Taraqqiyotning chekka bir hududga ham yetib borishi mamlakatimizda islohotlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidir.

E’tiborlisi, bu kabi faoliyatlar Kompaniyaning Buxoro filiali tomonidan viloyatning har bir chekka hududida olib borilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK tomonidan joylardagi infratuzilmani modernizatsiyalash va xalqimizni yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’mishlash borasidagi ishlar ko‘lami respublikamizning eng olis hududlariga ham yetib bormoqda.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing