Business Pro
Internet tarmogʻiga kirish tezligi, 08:00 dan 19:00 gacha
300 Mbit/s
TelecomTV
37 kanallar
Abonent to'lovi
Qo'shimcha xizmatlar
UZTELECOM abonentlari uchun
Ilova orqali ulaning
Agar siz UZTELECOM abonenti bo‘lmasangiz
Ulanish uchun ariza yuboring
“Business Pro” tarif rejasining shartlari:
· “Business Pro” tarif rejasi Internet tarmog‘iga simli ulanish xizmatlari bo‘yicha yuridik shaxslar abonentlari uchun mo‘ljallangan;
· Tarif rejaga ulanish PPPoE protokoli orqali amalga oshiriladi.
· Xizmatlar texnik imkoniyat mavjud boʻlganda taqdim etiladi.
· Internet xizmatlarini taqdim etishning boshqa shartlari va ularning tariflar doirasidagi tarifikatsiyasi Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlarida koʻrsatilgan.
Internet tarmog‘iga ulanish tezligi, TAS-IX va Uz-IX:
FTTB — haqiqiy ulanish tezligi ulanishni tashkil etish uchun ishlatiladigan uskunaning (shu jumladan operator va abonent uskunasi) o‘tkazish qobiliyatiga, tarmoq portlari va ulanish interfeyslarining tezligiga (100 Mbit/s, 1 Gbit/s va undan yuqori), ishlatiladigan UTP kabelining turi va toifasiga, shuningdek boshqa texnik omillarga qarab e’lon qilinganidan farq qilishi mumkin. O‘tkazish qobiliyati 100 Mbit/s gacha bo‘lgan uskunalar yoki ulanish tarmoq interfeyslaridan foydalanilganda, amalda erishiladigan ulanish tezligi bunday uskunalar yoki interfeyslarning texnik xususiyatlari bilan cheklanishi mumkin.
GPON — haqiqiy ulanish tezligi abonent terminalining parametrlariga va boshqa texnik omillarga qarab e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin.
Barcha texnologiyalar uchun haqiqiy tezlik "O‘zbektelekom" AKga tegishli bo‘lmagan tashqi operatorlar va tashkilotlar uskunalari va serverlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ko‘ra cheklanishi mumkin.
Wi-Fi - simsiz ulanishdan foydalanganda Internet tarmog‘iga haqiqiy ulanish tezligi Wi-Fi routerining qo‘llanilayotgan avlodiga (Wi-Fi 4/5/6), qo‘llanilayotgan chastotalar diapazoniga (2,4 GGs yoki 5 GGs), qurilmalarning mosligiga, ulanish nuqtasigacha bo‘lgan masofaga, ulangan qurilmalar soniga, devorlar va to‘siqlarning mavjudligiga, shuningdek elektromagnit shovqinlarga qarab e’lon qilinganidan pastroq bo‘lishi mumkin.
Barcha texnologiyalar uchun haqiqiy ulanish tezligi abonent uskunasining texnik xususiyatlariga, ulanish parametrlariga, bir vaqtda ishlaydigan qurilmalar soniga, aloqa liniyalarining holatiga va boshqa texnik omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tezlik, shuningdek, "O‘zbektelekom" AKga tegishli bo‘lmagan tashqi operatorlar va tashkilotlarning uskunalari va serverlarining o‘tkazish qobiliyati bilan cheklanishi mumkin. Tezlikni to‘g‘ri baholash uchun qurilmani bevosita operator uskunasiga simli ulash orqali o‘lchash tavsiya etiladi.
Tarif rejalarida ko‘rsatilgan tezlik maksimal darajada erishish mumkin bo‘lgan tezlik bo‘lib, u ulanish texnologiyasi va xizmat ko‘rsatishning texnik shartlariga rioya qilinishiga bog‘liqdir.
“TELECOM TV” portalida OTT-televideniye xizmatlarini taqdim etish shartlari:
· “TELECOM TV” portalida media-kontentni koʻrish uchun foydalanuvchilar “TELECOM TV” ilovasini oʻz qurilmalariga yuklab olishlari va oʻrnatishlari kerak.
· OTT-servislar Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan taqdim etiladi.
· Telekanallarning batafsil roʻyxati https://telecomtv.uz veb-saytida eʼlon qilingan, telekanallar soni va roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
· “TELECOM TV” platformasida foydalanuvchilar uchun arxivdagi telekanallar efirlarlarini ko‘rish imkoniyati hamda “o‘tkazish” funksiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
· Bitta obuna doirasida media-kontentni koʻrish uchun beshtagacha qurilmadan foydalanish mumkin.
· Tariflar uskunaning narxini oʻz ichiga olmaydi.
· xDSL texnologiyasi bo‘yicha Internet orqali “TELECOM TV” platformasidan foydalanilganda, kontentni namoyish etish sifati abonent liniyasining uzunligi va abonentda o‘rnatilgan oxirlovchi uskunaga qarab o‘zgarishi mumkin.
Kiritilgan kanallar ro'yxati
O'zbekiston 24 HD
Dunyo bo`ylab HD
Kinoteatr
Madaniyat va Ma'rifat
Mahalla
Navo
O'zbekiston Tarixi HD
O'zbekiston 24
O'zbekiston
Toshkent
Yoshlar HD
Nurafshon TV
ИСТОРИЯ
ЖИВАЯ ПЛАНЕТА
Т 24