Internet tarmog‘iga ulanish tezligi, TAS-IX va Uz-IX:
FTTB - o‘tkazuvchanlik qobiliyati 100 Mbit/s bo‘lgan portlar orqali ulangan abonentlar uchun tarif rejasi shartlaridan qat’i nazar, haqiqiy kirish tezligi 100 Mbit/s dan oshmasligi kerak. 100 Mbit/s dan yuqori ulanish tezligi tarmoq kommutatorida o‘tkazish qobiliyati 1 Gbit/s bo‘lgan port mavjud bo‘lganda, taqdim etiladi.
GPON — haqiqiy ulanish tezligi abonent tomonida o‘rnatilgan uskunaning xususiyatlariga qarab, e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin.
Barcha texnologiyalar uchun haqiqiy tezlik "O‘zbektelekom" AKga tegishli bo‘lmagan tashqi operatorlar va tashkilotlar uskunalari va serverlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ko‘ra cheklanishi mumkin.
1 Gbit/s dan yuqori tezlikda Internet tarmog‘iga ulanish xizmatini taqdim etish imkoniyati ulanish manzili va tegishli telekommunikatsiya infratuzilmasining mavjudligiga qarab, individual ravishda belgilanadi.
Tarif rejaga ulanish PPPoE protokoli orqali amalga oshiriladi.
Xizmatlar texnik imkoniyat mavjud boʻlganda taqdim etiladi.
Internet xizmatlarini taqdim etishning boshqa shartlari va ularning tariflar doirasidagi tarifikatsiyasi Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlarida koʻrsatilgan.
“TELECOM TV” portalida OTT-televideniye xizmatlarini taqdim etish shartlari:
“TELECOM TV” portalida media-kontentni koʻrish uchun foydalanuvchilar “TELECOM TV” ilovasini oʻz qurilmalariga yuklab olishlari va oʻrnatishlari kerak.
OTT-servislar Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan taqdim etiladi.
Telekanallarning batafsil roʻyxati https://telecomtv.uz veb-saytida eʼlon qilingan, telekanallar soni va roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
“TELECOM TV” platformasida foydalanuvchilar uchun arxivdagi telekanallar efirlarlarini ko‘rish imkoniyati hamda “o‘tkazish” funksiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
Bitta obuna doirasida media-kontentni koʻrish uchun beshtagacha qurilmadan foydalanish mumkin.
Tariflar uskunaning narxini oʻz ichiga olmaydi.
xDSL texnologiyasi bo‘yicha Internet orqali “TELECOM TV” platformasidan foydalanilganda, kontentni namoyish etish sifati abonent liniyasining uzunligi va abonentda o‘rnatilgan oxirlovchi uskunaga qarab o‘zgarishi mumkin.
“Videokuzatuv” xizmatini taqdim etish shartlari:
Tarif rejalarida “Videokuzatuv” xizmatini dasturiy ta’minot ko‘rinishida taqdim etish nazarda tutiladi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun zarur jihozlar abonent tomonidan mustaqil ravishda sotib olinadi.
Videokuzatuv kameralari sonini ko‘paytirish yoki videoyozuvlarni saqlash muddatini tarifda belgilangan miqdordan oshirish zarur bo‘lganda, amaldagi tariflarga muvofiq tegishli pullik paketga o‘tiladi.
Videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha montaj ishlarini amalga oshirish zarurati bo‘lganda, amaldagi tariflarga muvofiq alohida to‘lov undiriladi.
Avval o‘rnatilgan videokuzatuv kameralaridan foydalangan holda “Videokuzatuv” xizmatini ko‘rsatish ularning “O‘zbektelekom” AK uskunalariga texnik jihatdan mos kelishi sharti bilan amalga oshiriladi.