Birlashtirilgan shaxsiy hisobga ulash uchun mavjud boʻlgan SIM-kartalar soni
Kameralar soni
Yozuvlarni arxivda saqlash muddati
Istisno qilinmaydigan SIM-kartalar (dona)
Istisno qilinadigan SIM-kartalar (dona)
1
7 kun
1
9
“YAKKA TADBIRKOR” tarif rejalari fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi abonentlar uchun mo‘ljallangan.
Maʼlumotlar uzatish tarmog‘i, jumladan, Internet tarmog‘iga kirishning haqiqiy tezligi taʼminlanishi abonent tomonidagi uskunalarga, shuningdek, “O‘zbektelekom” AKga tegishli bo‘lmagan va boshqa tarmoqlar hamda serverlar egalari tomonidan o‘rnatilgan tarmoqlar va serverlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga bog‘liq.
FTTB texnologiyasi orqali ulanish texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda (tarmoq kommutatorida va abonentning oxirlovchi uskunasida 1 Gbit/s o‘tkazish qobiliyatiga ega telekommunikatsiya porti mavjudligi, 6-toifali UTP-kabelidan foydalangan holda abonent liniyasi yotqizilganligi va boshqalar) amalga oshiriladi.
Boshqa tarif rejalaridan “YAKKA TADBIRKOR” tarif rejalariga, shuningdek, teskari yo‘nalishda o‘tish imkoniyati “YAKKA TADBIRKOR” to‘plami uchun tariflar o‘zgarishi matritsasi”ga muvofiq aniqlanadi.
“YAKKA TADBIRKOR” tarif rejalariga ulangan abonentlar uchun kechki vaqtda (19:00 dan 07:00 gacha) Internet tarmog‘iga ulanish tezligini kunduzgi darajaga (07:00 dan 19:00 gacha) oshirish imkoniyati mavjud. Internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish uchun qo‘shimcha “TURBO” xizmatini ulash talab etiladi.
Mobil aloqani va taqdim etiladigan chegirmani hisobga olmagan holda Internetdagi keng polosali ulanish xizmatlari oylik abonent to‘lovining bazaviy qiymati: YAKKA TADBIRKOR 1 – 219 000 so‘m; YAKKA TADBIRKOR 2 – 402 105 so‘m; YAKKA TADBIRKOR 3 – 608 889 so‘m; YAKKA TADBIRKOR 4 – 1 411 250 so‘m;
Internet xizmatlarini ko‘rsatish va ularning tariflanishi bo‘yicha boshqa shartlar Xizmatlar ko‘rsatish qoidalari va shartlarida belgilangan.
“TELECOM TV” portalida OTT-televideniye xizmatlarini taqdim etish shartlari:
“TELECOM TV” portalida media-kontentni koʻrish uchun foydalanuvchilar “TELECOM TV” ilovasini oʻz qurilmalariga yuklab olishlari va oʻrnatishlari kerak. Birinchi avtorizatsiya “O‘zbektelekom” AKning uydagi Internet tarmog‘iga ulangan qurilmada “TELECOM TV” ilovasi ishga tushirilganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Qurilma “O‘zbektelekom” AKning uydagi Internet tarmog‘iga ulanmagan boʻlsa, avtorizatsiya login va parolidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
OTT- xizmatlari Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan taqdim etiladi.
Telekanallarning batafsil roʻyxati https://telecomtv.uz veb-saytida eʼlon qilingan, telekanallar soni va roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
“TELECOM TV” platformasida foydalanuvchilar uchun arxivdagi telekanallar efirlarlarini ko‘rish imkoniyati hamda “o‘tkazish” funksiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
Bitta obuna doirasida media-kontentni koʻrish uchun beshtagacha qurilmadan foydalanish mumkin.
Tariflar uskunaning narxini oʻz ichiga olmaydi.
“TELECOM TV”platformasi foydalanuvchilariga boshqa media-kontentga (filmlar, teleseriallar, musiqalar va boshqalar) obuna boʻlish imkoniyati beriladi, qoʻshimcha obunalar uchun toʻlov shaxsiy hisobda mablagʻlar mavjud boʻlganda, alohida tasdiqlangan tariflar boʻyicha undiriladi.
“Videokuzatuv” xizmatini ko‘rsatish shartlari:
“YAKKA TADBIRKOR” tarif rejalarida “Videokuzatuv” xizmatini dasturiy ta’minot ko‘rinishida taqdim etish nazarda tutiladi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun zarur jihozlarni abonent o‘zi sotib oladi.
Qo‘shimcha videokuzatuv kameralari sonini (tarifga kiritilganidan ortiq) ko‘paytirish zarur bo‘lganda, qo‘shimcha kameralar uchun amaldagi tariflarga muvofiq to‘lov undiriladi.
Videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha montaj ishlarini amalga oshirish zarur bo‘lganda, amaldagi tariflarga muvofiq alohida to‘lov undiriladi.
Avval o‘rnatilgan videokuzatuv kameralaridan foydalangan holda “Videokuzatuv” xizmatini ko‘rsatish ularning “O‘zbektelekom” AK uskunalariga texnik jihatdan mos kelishi sharti bilan amalga oshiriladi.
GSM standarti tarmog‘ida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartlari:
“YAKKA TADBIRKOR” keng polosali Internet xizmatlari bo‘yicha tarif rejalari doirasida “Yagona hisob” opsiyasi orqali birlashtirilgan mobil aloqa xizmatlari taqdim etiladi.
“YAKKA TADBIRKOR” tarif rejalaridan biriga yangi ulanishda, tanlangan tarif rejasiga qarab, abonentga muayyan miqdordagi mobil aloqa raqamlari rasmiylashtiriladi va “YTT” tarif rejasiga ulangan SIM-kartalar beriladi.
“YAKKA TADBIRKOR” tariflari doirasida rasmiylashtiriladigan mobil aloqa raqamlarini (chiqarilmaydigan SIM-kartalar) “Yagona hisob”dan chiqarib bo‘lmaydi.
Zarur hollarda abonent “YTT” tarif rejasiga ulangan qo‘shimcha SIM-kartalar yoki mobil aloqa xizmatlariga ulanish mumkin bo‘lgan boshqa tarif rejasiga ulangan SIM- kartalar sonini o‘z xohishiga ko‘ra ko‘paytirishi mumkin. “Yagona hisob” opsiyasi doirasida jami 10 tagacha SIM-kartani ulash mumkin.
Abonent to‘lovining qiymati “Yagona hisob” opsiyasi doirasida nazarda tutilgan chegirmani hisobga olgan holda ko‘rsatiladi, SIM-kartalar soni o‘zgarganda Internet va mobil aloqadagi keng polosali ulanish xizmatlari uchun abonent to‘lovi umumlashtiriladi, chegirma foizi amaldagi "Telekommunikatsiya xizmatlarining shaxsiy hisoblarini birlashtirish shartlari"ga muvofiq o‘zgartiriladi.
Birlashtirilgan xizmatlar paketlari doirasida xizmatlarni ko‘rsatishning boshqa shartlari va ularning tariflanishi Konvergent tarifda birlashtirilgan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish va tariflash qoidalari», «Telekommunikatsiya xizmatlarining shaxsiy hisoblarini birlashtirish shartlari», shuningdek, telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha tarif rejalari shartlarida belgilangan.