XIZMATLAR TURINARXI, SO‘M

Shartnomani boshqa abonentga rasmilashtirish (yangi SIM-kartaga)

12000

Oflayn telefon raqamini almashtirish (mavjud SIM kartaga)

0

Onlayn telefon raqamini almashtirish (mavjud SIM-kartaga)

0

Telefon raqamini almashtirish (yangi SIM-kartaga)

12000

7 kun, soʻnggi 3 oy boʻyicha qo‘ng‘iroqlar tafsiloti

10000

Raqamni saqlash uchun narx, kuniga 

299

Raqamni zaxiralash 

8400

SIM-kartani almashtirish 

12000

Shartnomani to‘xtatib turish va bekor qilish:

 

  • a) Abonent to‘lovi belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati abonent to‘lovi hisoblangan sanadan boshlab 90 (to‘qson) kunlik muddatga cheklanadi. Ushbu muddat davomida xizmatlar ko‘rsatilishi (chiquvchi va kiruvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS uzatish, Internet tarmog‘iga ulanish) to‘xtatib turiladi, favqulodda vaziyatlardagi tezkor xizmatlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga qilingan qo‘ng‘iroqlar bundan mustasno. Ko‘rsatilgan 90 kunlik davr mobaynida aloqa saqlanib qoladigan raqamlar ro‘yxati:
    - Yagona dispetcherlik xizmati — 112; 
    - Yong‘in va qutqaruv bo‘linmalari — 101; 
    - Ichki ishlar organlari — 102; 
    - Tez tibbiy yordam — 103; 
    - Gaz tarmog‘ining avariya xizmati — 104; 
    - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati — 1050; 
    - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi ishonch telefoni. 
  • b) Abonent tomonidan shaxsiy hisob raqami abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilganda, abonent to‘lovi hisoblangan sanadan boshlab 90 (to‘qson) kun ichida aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati avtomatik tarzda, UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga bormasdan tiklanadi. 
  • c) 90 (to‘qson) kun o‘tgandan so‘ng, abonent to‘lovi to‘liq hajmda to‘lanmagan taqdirda, aloqa xizmatlariga kirish to‘liq bloklanadi va 275 (ikki yuz yetmish besh) kalendar kun davom etadigan kutish davri boshlanadi, ushbu muddat davomida Abonent o‘z raqami uchun mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini tiklash huquqiga ega. Buning uchun raqam egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birga shaxsan UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilishi, ariza taqdim etishi va qarzdorlikni to‘lashi lozim. 
  • d) Agar abonent to‘lovi hisoblangan sanadan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kun ichida to‘lanmasa, Shartnoma ommaviy oferta qoidalariga muvofiq bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.

 

Shartnomani tiklash shartlari:

  • a) 365 kun o‘tgandan keyin tiklash: To‘lanmagan abonent to‘lovi hisoblangan sanadan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kun o‘tgandan so‘ng, raqamni ulash umumiy asoslarda amalga oshiriladi, bunda raqam murojaat qilingan vaqtda boshqa abonentga tegishli bo‘lmasligi kerak. Agar raqam pullik toifaga kirsa, abonentdan uning to‘liq qiymati murojaat qilingan vaqtda amal qilayotgan tariflar yoki Operatorning amaldagi aksiya takliflariga muvofiq undiriladi. 
  • b) Moliyaviy majburiyatlar: Shartnomani tiklashning majburiy sharti abonentning nomiga avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha shaxsiy hisoblar va abonent raqamlari bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha qarzdorliklarni to‘liq so‘ndirishdir. 
  • c) “Raqam ijarasi” xizmati bo‘yicha hisob-kitoblar: Agar jismoniy shaxs “Raqam ijarasi” xizmati uchun to‘lov davrini to‘liq yakunlamagan bo‘lsa (95/99 kodlari uchun 11 davr; 70/77 kodlari uchun 10 yoki 25 davr), shartnomani tiklashda bir martalik to‘lov amalga oshiriladi. To‘lov summasi pullik toifadagi raqamning to‘liq qiymati va “Raqam ijarasi” xizmatidan foydalanish davrida amalda kiritilgan to‘lovlar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. 
  • d) Xizmat qiymati: 0 (nol) so‘m.

 

Rasmiylashtirish tartibi:

 

  • e) Jismoniy shaxslar: Xizmat faqatgina UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida, abonentning shaxsan hozir bo‘lishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi asosida ko‘rsatiladi. Shartnomani tiklashda tanlangan tarif rejasi bo‘yicha oldindan to‘lov amalga oshirilishi shart.
  • f) Yuridik shaxslar: Shartnomani tiklash tashkilotning muhr bilan tasdiqlangan rasmiy blankasidagi xati asosida amalga oshiriladi.

 

 

  • Mazkur tartib va muddatlar Ommaviy oferta shartlari hamda AK “O‘zbektelekom”ning ichki reglamentlari asosida belgilangan.
  • *Pulli toifadagi raqamlarni qayta rasmiylashtirishda, yangi Abonent pulli raqamning qiymatini 100% to‘laydi.
  • ** Qo'ng'iroqlar haqidagi tafsilotlar faqat so'nggi 3 oy davomida taqdim etiladi.
  • *** Zarur hollarda abonent ushbu xizmatni   shaxsiy kabinetda, 1099 call markaz operatorlari orqali hamda “O‘zbektelekom” AK sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida faollashtirishlari mumkin. Xizmat faollashtirilgan vaqtdan boshlab o‘rnatilgan tarif asosida mablag‘ yechiladi.  Raqam abonent hisobidagi barcha pul mablag‘lari sarf etilgunga qadar saqlanadi. “EXTRA balans” xizmati orqali olingan mablag‘lar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lsa, “Raqamni saqlab qo‘yish” xizmati ko‘rsatilmaydi.
  • ***** Tarif rejasini kuniga bir marotaba o‘zgartirish mumkin. Agar tarif rejasini o‘zgartirish qiymati tarif to‘lovi shartlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, to‘lov ushbu shartlarga asosan amalga oshiriladi.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
Boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar