
Xizmat nomi: Premium
Xizmat narxi: 29 990 so‘m
Faollashtirish kodi: *707#
Xizmat tavsifi: “Premium” obunasi (bundan buyon — Obuna) Uztelecom mobil aloqa abonentlariga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- TelecomTV xizmati orqali 120 dan ortiq telekanal va «Milliy» onlayn kinoteatridan foydalanish;
- Litres xizmati orqali 300 000 dan ortiq audiokitoblarni tinglash;
- MyHit xizmatidan bepul foydalanish;
- 30 GB hajmdagi internet-trafik to‘plami;
- “Bezovta qilmang” qilinmasin” xizmatidan bepul foydalanish;
- Taomlar tarkibi va kaloriyasini aniqlash uchun Caloria AI xizmatidan bepul foydalanish;
- MyMusic musiqiy xizmatidan bepul foydalanish.
Caloria AI va MyMusic xizmatlari obuna amal qilish muddati davomida (30 kun) bepul taqdim etiladi.
Obunani faollashtirish: Obunani MyUTC mobil ilovasi, *707# USSD-so‘rovi yoki Telegram-bot orqali faollashtirish mumkin. Obunani faollashtirgan va abonent to‘lovini amalga oshirgan foydalanuvchilar obuna muddati davomida barcha imkoniyatlardan cheksiz foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Muhim shartlar:
- Obuna faollashtirilgan vaqtdan boshlab 30 kun amal qiladi va balansda yetarli mablag‘ bo‘lganda avtomatik ravishda uzaytiriladi.
- Obuna bekor qilinganda, taqdim etilgan internet-trafik joriy muddat oxirigacha saqlanadi, biroq qoldiq keyingi davrga o‘tmaydi.
- Agar obuna 30 kunlik muddat tugashidan oldin o‘chirilsa, qayta faollashtirish faqat joriy muddat yakunlangandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
- Agar abonent MyHit xizmatida chaqiruv ohangi (gudok) o‘rniga musiqa o‘rnatgan bo‘lsa, obuna davrida ushbu xizmat bepul bo‘ladi. Obuna o‘chirilgandan so‘ng, xizmat amaldagi tariflar asosida pullik hisoblanadi.
- “Bezovta qilinmasin” xizmati ham obuna davrida bepul. Obuna tugagach, xizmat haqi tarif rejasiga muvofiq undiriladi.
- Obuna jismoniy shaxslar hamda korporativ tariflardan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
- Units tarif rejasidagi abonentlar uchun obuna xizmati amal qilmaydi.
Obunani o‘chirish: MyUTC mobil ilovasi yoki *707# USSD-buyrug‘i orqali amalga oshiriladi.