Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

«Doim Online» — butun oila uchun uy interneti va mobil aloqa: qulay va tejamkor yechim

 

Uztelecom zamonaviy oilalar uchun mo‘ljallangan "Doim Online" aksiyasini taqdim etadi. Ushbu taklif yuqori tezlikdagi uy interneti, mobil aloqa va televideniyeni yagona yechimda birlashtirib, yanada qulay va tejamkor foydalanish imkonini yaratadi.

Aksiya doirasida abonentlar 200 Mbit/s tezlikdagi uy interneti, TelecomTV televideniyesi, mobil aloqa xizmatlari hamda qo‘shimcha internet-trafik bonuslariga ega bo‘ladilar.

Barcha xizmatlar "Yagona hisob" tizimiga birlashtiriladi. Bu esa xizmatlar uchun bitta abonent to‘lovini amalga oshirish imkonini beradi. Qo‘shimcha SIM-kartalar ulanganida esa umumiy abonent to‘loviga 20% gacha chegirma taqdim etiladi.



TAKLIF TARKIBIGA NIMALAR KIRADI

ONLINE Home tarifi bo‘yicha uy interneti:

  • internet tezligi 200 Mbit/s;
  • TelecomTV orqali 120 dan ortiq telekanaldan foydalanish imkoniyati.
  • ONLINE Mobile tarifi bo‘yicha mobil aloqa:
  • 50 GB mobil internet;
  • cheksiz tungi internet;
  • O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
  • 1000 ta SMS.


Mobil aloqa uchun bonus:

  • 12 oy davomida har oy qo‘shimcha 100 GB mobil internet-trafik.


"Yagona hisob":

  • uy interneti va mobil aloqa xizmatlari yagona abonent to‘lovi asosida boshqariladi va to‘lanadi.


Ulanish uchun uskuna va optik kabel:

• "Internetni ulang va Wi-Fi routerga ega bo‘ling" aksiyasi doirasida Wi-Fi router hamda uzunligi 100 metrgacha bo‘lgan optik drop-kabel taqdim etiladi.

Aksiya shartlari bilan havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin

Narxi:

  • abonent to‘lovi — oyiga 200 000 so‘m;
  • bir martalik ulanish to‘lovi — 60 000 so‘m.


"Doim Online" aksiyasining batafsil shartlari havola orqali mavjud.


YANADA KO‘PROQ TEJAMKORLIK ISTAGANLAR UCHUN


"Yagona hisob" tizimiga Uztelecom’ning qo‘shimcha SIM-kartalarini, masalan, oila a’zolaringiz raqamlarini ham qo‘shishingiz mumkin.


"Yagona hisob"ga qancha ko‘p SIM-karta biriktirilsa, umumiy abonent to‘loviga beriladigan oylik chegirma shuncha yuqori bo‘ladi:

  • 2 ta SIM-karta — 5%;
  • 3 ta SIM-karta — 10%;
  • 4 ta SIM-karta — 15%;
  • 5–10 ta SIM-karta — 20%.


Uy interneti, mobil aloqa va oila a’zolaringiz raqamlarini bitta "Yagona hisob"ga birlashtiring hamda har oy umumiy abonent to‘loviga 20% gacha chegirma oling.

Chegirmani maxsus kalkulyator yordamida quyidagi havola orqali hisoblash mumkin:
 

Muhim ma’lumot
Xizmatlar «Yagona hisob» tizimiga birlashtirilganda, barcha xizmatlar uchun abonent to‘lovini yechib olishning yagona sanasi belgilanadi.
Qo‘shilayotgan xizmatlardan maksimal darajada samarali foydalanish uchun ularni navbatdagi abonent to‘lovi yechiladigan sanaga yaqin muddatda birlashtirish hamda quyidagi hujjatlar bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi:
 

Telekommunikatsiya xizmatlarining shaxsiy hisoblarini birlashtirish shartlari;
«Barchasi birda — qulay va tejamkor» aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish shartlari;
Konvergent tarifga birlashtirilgan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish va tariflash qoidalari.


"DOIM ONLINE" AKSIYASIGA QANDAY ULANISH MUMKIN

Yangi abonentlar aksiyaga quyidagi usullardan biri orqali ulanishlari mumkin:

  • Uztelecom rasmiy veb-saytida onlayn ariza qoldirish;
  • MyUztelecom ilovasi orqali ariza yuborish;
  • 1090 qisqa raqami orqali Kontakt-markazga murojaat qilish.


Amaldagi abonentlar esa:

  • MyUztelecom ilovasi orqali ONLINE Home tarif rejasiga o‘tishlari;
  • eng yaqin Uztelecom savdo va xizmat ko‘rsatish ofisida ONLINE Mobile tarif rejasi bilan qo‘shimcha SIM-karta ulashlari mumkin.


Aksiya muddati

Aksiya O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 2026-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.

Doim ONLINE — bu uy interneti, mobil aloqa va televideniyeni bitta qulay va tejamkor taklifda birlashtiruvchi zamonaviy yechimdir. U oila a’zolariga aloqa xizmatlaridan yanada qulay foydalanish, xarajatlarni nazorat qilish va qo‘shimcha afzalliklarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Yangilik bilan ulashish