Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

30 kunga kino bepul: UZTELECOM abonentlari uchun IVI onlayn - kinoteatri obunasi sovg‘a




 

UZTELECOM abonentlarining aksariyat qismi uy Interneti yordamida masofadan turib ishlashmoqda, ta’lim olmoqda va muloqot qilmoqda. Bo‘sh vaqtlarida esa shaxsiy IVI onlayn-kinoteatri bilan oila davrasida kino ko‘rish bilan vaqt o‘tkazishlari mumkin. Xorijiy blokbasterlar, Rossiyaning keng ommalashgan kinolari, dunyoning eng zo‘r animatsion va diniy seriallari – bularning barchasi endilikda bir oyga BEPUL!

UZTELECOM o‘z abonentlari uchun 2020 yil 4 iyundan 3 iyulga qadar maxsus “IVI-izolatsiya operatsiyasi! 30 kunlik bepul obuna!” aksiyasini o‘tkazmoqda!

Ushbu aksiya “UNLIM” seriyasining istalgan tarif rejalari Internet xizmatiga ulangan abonentlar uchun taqdim etiladi. Bepul obunaning amal qilish muddati Aksiya doirasida obuna faollashtirilgan kundan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

IVI onlayn-kinoteatriga obunani sovg‘a sifatida qo‘lga kiritish uchun, UZTELECOM abonenti shaxsiy kabinetida mobil raqamini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi zarur.

Xizmat UNLIM seriyasi tarif rejalariga ulangan va Aksiya davrida faol holatda bo‘lgan abonentlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri faollashtiriladi.

UNLIM seriyasi tarif rejalarining yangi abonentlari uchun esa xizmatni shaxsiy kabinetda yoki quyidagi havola orqali faollashtirishlari kerak bo‘ladi: https://ivi.uztelecom.uz

Obunaning bepul davri tugaganidan so‘ng avtomat tarzda pullik davr faollashtiriladi*. UZTELECOM abonentlari uchun IVI obunasining maxsus narxi oyiga 15 000 so‘mni tashkil etadi. Mablag‘ni avtomat tarzda yechib olinishi muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganda** va IVI xizmatidan abonent bir yoki undan ko‘p marta foydalanganda yechib olinadi. Shuni ham eslatib o‘tish joizki, IVI onlayn kinoteatr obunasi uchun to‘lov yechib olinishi uchun shaxsiy hisobda yetarli mablag‘ bo‘lishi zarur.

IVI katalogi o‘zida 80 mingdan ziyod yuqori sifatdagi va reklamalarsiz film va seriallarni mujassam etgan. IVI – Gollivudning barcha asosiy studiyalaridagi filmlar soni bo‘yicha Rossiya video-xizmatlari orasida yetakchi hisoblanadi, ayniqsa, Disney, shu qatorda Marvel, Warner, Sony, Paramount, Universal filmlarining keng katalogini o‘zida jamlagan.

IVI onlayn-kinoteatri va UZTELECOM bilan doimo qiziqarli va yangi hamda yorqin hissiyotlar uchun joy topiladi!

UZTELECOM o‘z abonentlaridan karantin qoidalariga rioya qilishlarini, o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilar haqida qayg‘urishlarini so‘rab qoladi. Biz esa, o‘z navbatida, Sizning aloqangiz haqida qayg‘uramiz!

UZTELECOM – Milliy operator!

Qo‘shimcha ma’lumot:

IVI - bu 80 mingdan ortiq filmlar, multfilmlar va seriyalarning katalogiga ega eng katta rus onlayn-kinoteatr. Dunyo bo‘ylab IVI auditoriyasi oyiga 60 milliondan ziyod foydalanuvchilarni tashkil etadi. Foydalanuvchilar 80 million soatdan ko‘p vaqtini IVIda sarf etishadi.

Izoh:

* ro‘yxatdan o‘tish jarayoni o‘zida quyidagilarni mujassam etadi: ivi onlayn kinoteatriga kirish (sayt, mobil ilova va shu kabilar orqali, mobil telefon va SMS tasdiqlash kodini kiritish) Agar abonent yuqorida keltirilgan amallarni bajarmasa avtomatik tarzda uzaytirilish amalga oshirilmaydi;

* *avtomat pulli obunani Internet xizmatlari shaxsiy kabineti orqali o‘chirish mumkin.

Yangilik bilan ulashish