BARAKALI MILLION 2.0: Yangi yilni UZTELECOMdan MILLIONLAR bilan qarshi oling!

BARAKALI MILLION aksiyasining ikkinchi bosqichi boshlanishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz! Bu safar hamma narsa juda oddiy:
- Raqamingiz faol holatda bo‘lishi kerak
- Balansingizni 10 000 so‘mga to‘ldiring
- G‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘ling
- Bizning jonli efirlarimizni har kuni kuzatib boring
Bir oy davomida 7-dekabrdan 5-yanvargacha har kuni 10 000 000 so‘mdan yutuq o‘ynaladi! Har bir inson o‘z imkoniyatini sinab ko‘rishi va UZTELECOMdan qimmatbaho millionlar g‘olibiga aylanishi mumkin. G‘oliblar har kuni @uztelecomuz Instagram sahifasida jonli efirda aniqlanadi.
G‘oliblar random.org randomizer yordamida aniqlanadi. Biz har kuni kunlik ishtirokchilar o‘rtasida aksiyaning g‘olibini aniqlaymiz.
Aksiyada faqat quyidagi UZTELECOM GSM abonentlari ishtirok etishlari mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi 18 yoshga toʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.- Quyidagilar aksiyada ishtirok etmaydi:
- Jismoniy shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomasi boʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
- 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
- Abonentlar – yuridik shaxs boʻlgan abonentlar, M2M, ijtimoiy, maxsus va imtiyozli tariflar, yuqorida sanab oʻtilmagan tariflarning abonentlari;
- Aksiya oʻtkazilishi davrida “O‘zbektelekom” AK bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
- yuridik shaxslar.
Bir oy ichida balansingizni 10 000 so‘mga to‘ldirib, ishtirokchiga aylaning va g‘alaba qozonish imkoniyatini oshiring. Sizni millionlab imkoniyatlaringiz kutmoqda!
Ishtirok eting va UZTELECOM bilan sovrinlaringizni yutib oling!
Aksiya shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.