eSIMni ulaganingizda GIGABAYTLAR berishda davom etamiz

eSIM texnologiyasidan foydalangan holda UZTELECOM mobil aloqasiga ulanishda bonusli GIGABAYT va UNITSlarni olishda davom eting.
Endi aksiya 2023-yil 1-apreldan 31-dekabrgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, aksiya doirasida eSIM texnologiyasidan foydalangan holda mobil aloqani ulashda, shuningdek joriy SIM-kartani eSIM ga o‘zgartirishda abonentga 2 Gb bonusli Internet-to‘plam, UNITS tarifidan foydalanuvchilar uchun esa – 2000 ta UNITlar taqdim etiladi.
Aksiya UZTELECOM GSM standartidagi barcha abonentlar (jismoniy va yuridik shaxslar) uchun amal qiladi.
SIM-kartangizni raqamlashtiring va BONUS sifatida mobil Internet uchun GIGABYTLARga ega bo‘ling.
Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.