Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

Haj - 2026 ziyoratchilari uchun aksiya: 10 GB va 50 daqiqa aloqa hadya qilinadi!

Buyuk ziyorat vaqti yaqinlashmoqda. Minglab yurtdoshlarimiz muqaddas safarga — Haj amallarini ado etishga yo‘l olmoqdalar. Bu ruhiy birdamlik va duolar ijobat bo‘ladigan palla bo‘lib, Uztelecom ushbu yo‘lda har bir ziyoratchini qo‘llab-quvvatlashdan mamnun.

 

Ziyoratingiz xotirjam va qulay o‘tishi uchun Uztelecom sizga maxsus sovg‘a sifatida aloqa paketini tayyorlab qo‘ydi.

Roumingda Uztelecomdan sizga taqdim etiladigan hadya:

— 10 GB mobil internet trafigi;

— Roumingda gaplashish uchun 50 daqiqa.

 

Paketni faollashtirish tartibi:

Paketni hali safarga chiqmasdan turib, O‘zbekiston hududida ekanligingizda MyUztelecom mobil ilovasi orqali faollashtirishni tavsiya etamiz:

— «Paketlar» bo‘limiga kiring.

— «Rouming-paketlar» bandini tanlang.

— «5GB+50MIN» ni faollashtiring.

 

Qo‘shimcha ma’lumot:

— Bepul paket bitta abonent raqamiga faqat bir marta taqdim etiladi.

— Paket aksiya doirasida Saudiya Arabistoni hududida bo‘lish muddati davomida amal qiladi (31.07.2026 gacha).

— Shuningdek, hali Uztelecom abonenti bo‘lmagan jismoniy shaxslar uchun Haj-2026 davrida amal qiluvchi bepul tarif rejasi mavjud. Mazkur tarif rejasi faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi va kompaniyaning savdo ofislarida rasmiylashtiriladi

 

Uztelecom

Barcha uchun texcnologiyalar

Yangilik bilan ulashish