Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

UZTELECOM bilan BAXTLI millionlaringizga ega boʻling



UZTELECOM BARAKALI MILLION ajoyib aksiyasini ishga tushirmoqda – har bir ishtirokchi maxsus aksiya paketlarni faollashtirganda pul va boshqa sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega boʻladi.

UZTELECOM 3 oylik ajoyib aksiyalarni boshlamoqda! Oʻz omadingizni sinab koʻring va bosh sovrin – har oy 200 000 000 soʻm va har hafta 20, 10, 3 million soʻm yutib olish imkoniyatini qoʻlga kiriting. Shuningdek, har hafta UZTELECOM 77 operator kodli II, III, IV toifadagi chiroyli raqamlar va nominal qiymati 200 GB boʻlgan Internet-paketlarni oʻynaladi. Sovrinli oʻyin joriy yil 10-iyuldan 1-oktabrgacha boʻlib oʻtadi.

BARAKALI MILLION aksiyasi ishtirokchisiga aylanish juda oson! 
 

Kompaniya abonentlari uchun

Kompaniya abonentlari 10-iyuldan boshlab maxsus askiyada ishtirok etuvchi paketlardan birini faollashtirishlari mumkin. Faollashtirilgandan soʻng noyob ID-kod yuboriladi. Bu kod aksiyada identifikator hisoblanadi. Har bir keyingi faollashtirishda yangi kod taqdim etiladi - bu esa gʻalaba qozonish uchun imkoniyatlarni oshiradi.

.

Nom, resurslar

Narx, soʻm

Amal qilish muddati

Faollashtirish

6 GВ

30 000

30 kun

*500*1#

6 000 Units

30 000

30 kun

*500*2#

6 000 daqiqa

30 000

30 kun

*500*3#


Paketlarni USSD kodlar, MyUZTELECOM mobil ilovasi, Kompaniyaning Telegram boti, Call-markaz orqali, sotuv va xizmat koʻrsatish ofislarida, shuningdek dilerlik markazlarida faollashtirish mumkin.

Paketlarni MyUZTELECOM ilovasi orqali faollashtirganingizda sizga bonus resurslari sovgʻa sifatida taqdim etiladi
 

Nom, resurslar

Narx, soʻm

Bonus, resurslar

Bonusning amal qilish muddati

6 GВ

30 000

300 MB

3 kun

6 000 Units

30 000

300 Units

3 kun

6 000 daqiqa

30 000

300 daqiqa

3 kun

 

Yangi abonentlar uchun:

  • Milliy 40, Milliy 50, Milliy 70, Milliy 100, Milliy 150, Barakali 33/44/55/77/111 tarif rejalariga ulanganda, tarif rejasi boʻyicha abonent toʻlovi muvaffaqiyatli yechilganidan soʻng, abonentga ID raqam avtomatik tarzda taqdim etiladi.
  • Bosh sovrin – 200 000 000 soʻm 3 oy davomida har oy oʻynaladi. 
  • 20, 10, 3 million soʻmlik haftalik sovrinlar, shuningdek, oltin raqamlar va Internet-paketlar har haftaning payshanba kuni oʻynaladi.
  • G’oliblarni aniqlash Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook, Instagram, YouTube) rasmiy sahifalarida jonli efirda namoyish etiladi. Haftalik oʻyin ishtirokchilarining roʻyxati avvalgi haftadagi aksiyada ishtirok etgan noyob ID-kodlardan (dushanba soat 00:00 dan yakshanba 23:59 gacha) tuziladi. Oylik oʻyinlar ishtirokchilarining roʻyxati avvalgi 4 hafta natijalari boʻyicha ID-kodlardan shakllantiriladi. Oylik oʻyin ishtirokchilari keyingi oydagi oʻyin roʻyxatiga kiritilmaydi.


Aksiyada faqat quyidagi UZTELECOM GSM abonentlari ishtirok etishlari mumkin:

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi 18 yoshga toʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.

Quyidagilar aksiyada ishtirok etmaydi:

  • Jismoniy shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomasi boʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
  • 18 yoshga toʻlmagan shaxslar.
  • Abonentlar – yuridik shaxs boʻlgan abonentlar, M2M, ijtimoiy, maxsus va imtiyozli tariflar, yuqorida sanab oʻtilmagan tariflarning abonentlari. 
  • Aksiya oʻtkazilishi davrida “O‘zbektelekom” AK bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
  • yuridik shaxslar.


Pul mukofotlarini g‘oliblarga topshirish naqd pulsiz shaklda, to‘lov vaqtida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq barcha soliqlar ushlab qolingan holda, g‘olibning bank hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

BARAKALI MILLION aksiyasi sovrinli o‘yinining taqvimi.

Aksiya shartlari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Yangilik bilan ulashish