06 Dekabr 2022

UZTELECOMdan Yangi yil GIGABAYTlari - 5 GB mobil Internet-trafikning bayramona paketi



UZTELECOM barchani yaqinlashib kelayotgan bayramlar bilan tabriklaydi va 7 kunlik muddatga15 ming so‘mlik 5 GB maxsus internet-paketni taqdim etadi.

Bayramlar ruhi allaqachon havoda aylanib, bizga yangi yil kayfiyatini baxsh etmoqda. UZTELECOM esa o‘z abonentlari uchun yoqimli sovg‘alar mavsumini ochdi!

Yangi yil arafasida biz yorqin voqealar va ular uyg'otadigan his-tuyg'ularni baham ko'rishga intilamiz. Bunda bizga mobil internet albatta yordam beradi. Shu bois, UZTELECOM o‘z abonentlariga 15 ming so‘m evaziga 5 GB bayramona internet-paketni taqdim etadi.

Bayram paketlari jismoniy va yuridik shaxslarning GSM mobil abonentlari uchun amal qiladi.

Bayram paketini 2022-yil 7-dekabrdan 22-dekabrgacha *500# maxsus USSD-kodidan foydalanib, MyUZTELECOM mobil ilovasi va Kompaniyaning Telegram-boti orqali faollashtirishingiz mumkin. “Mobil byudjet” xizmati faollashtirilmagan yuridik shaxslar xizmatga UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida buyurtma berishlari mumkin.

Internet-to‘plam 7 kun davomida amal qiladi.

Paketni yangilash bir xil turdagi navbatdagi bayram Internet-paketini sotib olish orqali amalga oshiriladi. Xuddi shu turdagi keyingi Internet-paketni faollashtirishda trafik yig'iladi. Yig'ilgan trafikning amal qilish muddati oxirgi paket sotib olingan kundan boshlab 7 kunni tashkil qiladi.

UZTELECOM bilan bayramona kayfiyatingizni faollashtiring!

Aksiya shartlari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram-bot:



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing