01 July 2022

Yuqori tezlikdagi uy interneti kerak, lekin Wi-Fi router sotib olishni xohlamaysizmi?



Milliy operator hamyurtlarimizning talablariga koʻra “Internetga ulan va Wi-Fi routerga ega boʻl” aksiyasining amal qilish muddatini uzaytiradi!

Bundan tashqari, siz UZTELECOMdan internet xizmatlariga ulanishda yanada qulay shartlarda Wi-Fi routerga ega bo‘lasiz, chunki endi xizmatlarga ulanishda router 3 oy ichida sizniki bo‘lishi mumkin.



Misol uchun: "YANGI-5" tarif rejasiga ulanganda router 3 oydan (hisob-kitob davri), "YANGI-4"ga – 6 oydan, "YANGI-3"ga ulanganda esa 12 oydan keyin sizniki bo‘ladi.



Aksiya doirasida hozirgi vaqtda eng ilg‘or FTTB va GPON (optika) texnologiyalaridan foydalangan holda Internet xizmatlarini ulash uchun abonent qurilmalari taqdim etilgan bo‘lib, ular sizga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish va deyarli har qanday foydalanuvchining Internetga ulanish tezligiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi!

Shuni ta’kidlash kerakki, routerga ulanish paytidayoq ega bo‘lasiz!

Va bu hammasi emas!

Ushbu aksiya bilan bir qatorda “Yanada ko‘proq tezlik” aksiyasi davom etmoqda! Ushbu aksiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, “YANGI-2”, “YANGI-3” va “YANGI-4” tarif rejalarida foydalanish tezligi kuniga 18 soatgacha – soat 00:00 dan 18:00 gacha oshirilgan. Tunda, ertalab va kun bo‘yi 100 va 200 Mb/s lik (ulanish texnologiyasiga qarab) tezlikni his qiling!

UZTELECOM xizmatlariga Telegram-boti yordamida, rasmiy veb-sayt orqali yoki 1090 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib oson va tez ulaning.

Aksiyalarning toʻliq shartlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi havolalarga oʻting:

Internetga ulaning, Wi-Fi routerga ega bo‘ling!

Yanada ko‘proq tezlik

Aksiya shartlari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

UZTELECOM – Milliy operator!



Yangilik bilan ulashish: