Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

Rasmiy munosabat

 

Humans kompaniyasining "O‘zbektelekom" AK  oldidagi moliyaviy majburiyatlariga oid material munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

2020-yildan buyon Humans kompaniyasi MVNO-operator sifatida "O‘zbektelekom" AKning mobil infratuzilmasi xizmatlaridan ushbu yo‘nalishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shartnomaviy asosda foydalanib kelmoqda.

 

Shartnoma ijrosi davomida Humans kompaniyasi ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘planishiga yo‘l qo‘ygan. Shu sababli "O‘zbektelekom" AK muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish uchun sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Joriy yilning 8-may kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi "O‘zbektelekom" AKning talablarini to‘liq hajmda qanoatlantirdi. Qaror 8-iyunda qonuniy kuchga kirdi. Sud Humans kompaniyasiga olingan xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lash majburiyatini yukladi.

 

"O‘zbektelekom" AK o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilgan holda olib boradi hamda barcha hamkorlar uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Kompaniya shartnomaviy majburiyatlar buzilgan yoki asossiz ma’lumot tarqatilgan taqdirda, o‘z mulkiy manfaatlari va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vositalardan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

 

"O‘zbektelekom" AK bozor ishtirokchilari, jumladan Humans kompaniyasi bilan ham, ular tuzilgan shartnomalar doirasidagi majburiyatlarini to‘liq, o‘z vaqtida va tegishli darajada bajargan taqdirda, konstruktiv hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqlaydi.

 

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish

So'nggi munosabatlar

Hozircha eng so'nggi munosabat mavjud emas