Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Biznesning raqamli rivojlanishida yangi bosqich: Uztelecom 1 - noyabrdan korporativ tariflar to‘plamini keng ko‘lamda yangilamoqda

Zamonaviy biznes tezkorlik, barqaror aloqa va keng raqamli imkoniyatlarni talab etmoqda. Internet va mobil aloqa allaqachon oddiy muloqot vositasi bo‘lishdan chiqib, bugungi kunda ish jarayonlarini boshqarish, mijozlar bilan hamkorlik qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim infratuzilmaga aylangan.

Bozordagi o‘zgarishlar va korporativ mijozlarning ortib borayotgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, Uztelecom 2026-yil 1-noyabrdan biznes uchun mo‘ljallangan tariflar to‘plami va raqamli yechimlarni keng ko‘lamda transformatsiya qilishni boshlaydi.

Yangilanish yanada tezkor, ishonchli, moslashuvchan va boshqarish uchun qulay yechimlarni shakllantirishga qaratilgan. Yangi yondashuv turli ko‘lamdagi va rivojlanish sur’atiga ega korxonalarning amaliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda telekommunikatsiya xizmatlari hamda zamonaviy raqamli servislarni birlashtirishni nazarda tutadi.

Transformatsiya keng polosali internet (ShPD) va mobil aloqa yo‘nalishlaridagi korporativ tarif takliflarini qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar Uztelecom mahsulot va xizmatlar to‘plamini kompleks yangilash jarayonining bir qismi bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, raqamli imkoniyatlarni kengaytirish hamda biznes rivoji uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Tariflar to‘plamining keng ko‘lamda yangilanishi Uztelecom kompaniyasining korporativ mijozlar uchun zamonaviy raqamli ekotizimni shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘ladi. Kompaniya biznesning bugungi ehtiyojlariga javob beradigan va uning kelgusidagi o‘sishi uchun mustahkam texnologik asos yaratadigan yechimlarni taqdim etishga intiladi.

Biznesingiz uchun mos tariflar va xizmatlar bo‘yicha maslahat olish hamda ularni tanlash uchun Uztelecom savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qilishingiz yoki korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan 1155 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Uztelecom
Barcha uchun texnologiyalar

Yangilik bilan ulashish