Hurmatli abonentlar!
"O‘zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar munosabati bilan, 2025-yil 11-sentabr kunidan 12-sentabr kuniga qadar soat 00:00 dan 06:00 gacha Respublika bo‘ylab taqdim etiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan texnik ishlar olib boriladi.
Ushbu davrda taqdim etilayotgan xizmatlar sifati yomonlashishi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!