Hurmatli abonentlar!
"O‘zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar munosabati bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2026-yil 28-sentabr soat 23:00 dan 29-sentabr soat 06:00 gacha xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib boriladi.
Ushbu davrda telekommunikatsiya xizmatlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!