Hurmatli abonentlar!
"O‘zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar munosabati bilan Toshkent shahridagi ATS-273, ATS-274 va ATS-276 stansiyalarida 2026-yil 22-oktabr kuni (soat 00:00 dan 06:00 gacha) xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib boriladi.
Ushbu davrda telekommunikatsiya xizmatlari va mobil aloqa xizmatlari sifatining pasayishi hamda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!