Hurmatli abonentlar!
"O‘zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi AMTS-224 stansiyasida 2026-yil 29-oktabr kuni (soat 00:00 dan 06:00 gacha) xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib boriladi.
Ushbu davrda telekommunikatsiya xizmatlari va telefoniya xizmatlari sifatining pasayishi hamda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!