Hurmatli abonentlar!
"O‘zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar munosabati bilan, 2021 yilning 15-fevralidan 26-fevraliga qadar Toshkent shahar 222-ATS yo'nalishida ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ishlar olib boriladi.
Ushbu davrda taqdim etilayotgan xizmatlar sifati yomonlashishi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!