Hurmatli Chust tumani aholisi!
2026-yil 29-oktabr kuni soat 15:00 da Namangan viloyati, Chust tumani, Chust shahri, Chustiy ko‘chasi, 35-uy manzilida “O‘zbektelekom” AK hamda Sharqiy filiali rahbariyati ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.
Sayyor qabul davomida “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga oid murojaatlar, takliflar va muammolar qabul qilinadi. Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Sayyor qabulda quyidagi masalalar yuzasidan savollaringizga javob olishingiz mumkin:
Internet xizmati;
Mobil aloqa;
Telekommunikatsiya faoliyati bilan bog‘liq muammolar va sizni qiziqtirgan savollar.
Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Manzil: Namangan viloyati, Chust tumani, Chust shahri, Chustiy ko‘chasi, 35-uy.
Batafsil ma’lumot uchun telefon raqamlari:
+998 71 100 02 90
+998 99 992 33 99