Hurmatli Samarqand tumani aholisi!
2026-yil 5-noyabr kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Oxalik” MFY binosida “O‘zbektelekom” AK rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.
Sayyor qabul davomida aholining “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga oid murojaatlari, takliflari va muammolari qabul qilinadi. Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Sayyor qabulda quyidagi masalalar yuzasidan savollaringizga javob olishingiz mumkin:
Internet xizmati;
Mobil aloqa;
Telekommunikatsiya;
Kompaniya faoliyatiga oid sizni qiziqtirgan savollar.
Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Oxalik” MFY binosi.
Batafsil ma’lumot uchun telefon raqamlari:
+998 93 722 22 73
+998 99 776 63 83