Jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan abonentlar uchun telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida xabarnoma
Internet xizmatlari sifatini yaxshilash va Oʻzbekiston aholisiga yuqori tezlikdagi Internet hamda sifatli mobil aloqa imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi 2025-yil 11-fevraldan boshlab abonentlar (jismoniy va yuridik shaxslar) uchun xizmat koʻrsatish shartlariga oʻzgartirishlar kiritilishini eʼlon qiladi.
O‘zgarishlar xizmat ko‘rsatish shartlari va tariflar narxlaridagi oʻzgarishlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu oʻzgarishlar inflyatsiya, valyuta kurslarining oʻzgarishi, telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilashga doimiy sarmoyalar kiritib borish, shuningdek, Kompaniyaning qoʻshimcha xarajatlarini optimallashtirish zarurati bilan bogʻliq.
Shuningdek, Kompaniyamizni tanlaganingiz va ishonch bildirganingiz uchun minnatdorlik ramzi sifatida abonentlarimizga qo‘shimcha bonuslar taqdim etishimizni ma’lum qilamiz.
So‘nggi yillarda telekommunikatsiya infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan sarmoyalarning o‘sishi kuzatilmoqda. Bu sarmoyalar 5G kabi yangi avlod texnologiyalarini joriy etish hamda Kompaniyaning optik tolali tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan. Biz yuqori sifat standartlarini ta’minlash orqali har bir abonentimizga zamonaviy va ishonchli Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga intilamiz.
Tushunganingiz va ishonganingiz uchun sizga minnatdorlik bildiramiz. Ushbu o‘zgarishlar xizmatlarimizni yanada takomillashtirishga qaratilganligini kafolatlaymiz. Biz xizmatlarimiz sizning ehtiyojlaringizga mos kelishi uchun tinimsiz mehnat qilishda davom etamiz.
Batafsil ma'lumot