Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

Mobil aloqa tariflari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Hurmatli abonentlar!

 

Ma’lum qilamizki, 2025-yil 3-oktabrdan boshlab Bonus Ideal, Mobile Ideal, Mobile Lux, Mobile Elite tarif rejalariga, shuningdek, arxivdagi Mobile Mini, V-Mobile, Bonus Mobile va  VOLUNTEER Biznikilarga tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.

 

Yangilangan tariflarda internet-trafik paketlari oshirildi, bu esa qulayroq ishlash, o‘qish va raqamli xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Televideniye paketlari kengaytirildi va yangi multimedia xizmatlari qo‘shildi. Premium tariflarda, shuningdek, Kontakt markaziga navbatsiz qo‘ng‘iroqlar, rouming to‘plamlari va boshqa kengaytirilgan imkoniyatlar joriy etildi.

 

O‘zgarishlar telekommunikatsiya infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish zarurati bilan bog‘liq. Biz tarmoqni modernizatsiya qilishga, 5G texnologiyalarini joriy etishga va optik tolali tarmoqni kengaytirishga faol sarmoya kiritmoqdamiz. Bu hatto eng tig’iz vaqtlarda ham barqaror ulanishni, yuqori internet tezligini, butun O‘zbekiston bo‘ylab sifatli aloqani ta’minlash, shuningdek, yangi raqamli xizmatlar va multimedia paketlarini ulash uchun sharoit yaratish imkonini beradi.

 

O‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Tushunganingiz va bizga bildirilgan ishonchingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz. 

 

Xizmatlarimiz sizning talab va ehtiyojlaringizga mos kelishi uchun ishlashda davom etamiz.

Yangilik bilan ulashish