Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

Uy interneti tarif rejalari yangilanishi to‘g‘risida

Hurmatli abonentlar!

2026-yil 29-yanvardan boshlab uy internetining bir qator tarif rejalari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Mazkur yangilanishlar xizmat sifatini zamonaviy talablarga moslashtirish hamda raqamli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirishga xizmat qiladi.

Tarif shartlarining yangilanishi quyidagi omillar bilan bog‘liq:

  • Inflyatsiya omillarini hisobga olgan holda xizmatlarning yuqori sifatini saqlab qolish;
  • Internet-trafik iste’molining sezilarli darajada o‘sishi va yuqori tezlikdagi ulanishga bo‘lgan talabning ortishi;
  • Barqaror va yuqori tezlikdagi aloqani talab qiluvchi onlayn-servislar hamda raqamli platformalar ko‘lamining kengayishi.


Ushbu yangilanishlar natijasida abonentlarimiz yanada yaxshilangan xizmat ko‘rsatkichlariga, jumladan, yuqori tezlik va barqaror aloqaga ega bo‘ladilar. Bu esa telekommunikatsiya xizmatlarining zamonaviy sifat standartlariga to‘liq javob beradi.

Bundan tashqari, tarif rejalarining yangilanishi doirasida abonentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida bir qator afzalliklar va bonuslar ko‘zda tutilgan:

1) Amaldagi uy interneti tarif rejalarida ulanish tezligi oshiriladi.

2) Tariflari yangilanadigan barcha abonentlar uchun "Bayramona 2026" aksiyasi doirasida bonusli SIM-karta taqdim etiladi:

  • SIM-karta uchun birinchi oyda abonent to‘lovi 0 so‘m bo‘ladi;
  • Bir yil davomida har oy 100 GB mobil internet bonusi.taqdim etiladi


3) "Turbo knopka 500 Mbit/s" xizmati — HAMMASI BIRGA 3 tarif rejasiga ulangan yangi abonentlar uchun uch oy davomida bepul amal qiladi.


Tarif rejalarining yangilangan shartlari haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Kompaniyamiz ko‘rsatilgan ishonch va bizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi. Ko‘rilayotgan bu choralar zamonaviy internet infratuzilmasini rivojlantirish hamda sizni yanada qulay va tezkor internet bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangilik bilan ulashish