Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

Uzmobile M2M Yil tarifi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartlarining yangilanishi

2025-yil 3-oktyabrdan boshlab Uzmobile M2M Yil tarif rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Yangilangan versiyada internet-trafik paketlari va CSD-qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar miqdori oshirildi, bu esa M2M qurilmalari va xizmatlaridan foydalanishni yanada qulayroq qiladi.

 

Ushbu o‘zgarishlar raqamli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha strategiyamizni aks ettiradi: biz monitoring tizimlari, hisoblagichlar va boshqa aqlli yechimlar uchun ishonchli aloqani ta’minlashga intilamiz. Tarif rejasining kengaytirilgan imkoniyatlari mijozlarimizga narsalar interneti texnologiyalaridan yanada samaraliroq foydalanishga va avtomatlashtirish bo‘yicha yangi texnologiyalarni yaratishga yordam beradi.

 

O‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

Ishonchingiz uchun tashakkur! Xizmatlarimiz sizning kutganlaringiz va ehtiyojlaringizga mos kelishi uchun ularni takomillashtirishda davom etamiz.

Yangilik bilan ulashish