Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

UZTELECOM tarmoqni rivojlantirish loyihasi doirasida bir qator mobil aloqa tariflariga o‘zgartirishlar kiritmoqda

Hurmatli abonentlar!

2026-yil 27-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan ayrim mobil aloqa tarif rejalarining amaldagi narxlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qilamiz. Shu bilan birga, xizmatlarning barcha asosiy afzalliklari va sifati to‘liq saqlab qolinadi.

Ushbu o‘zgarishlar quyidagi omillar bilan bog‘liq:

  • Inflyatsiya darajasining indeksatsiyasi;
  • Kompaniyaning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va optimallashtirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli investitsiyalar.


Mazkur choralar aloqa sifatining barqarorligini ta’minlash, tarmoq qamrovini kengaytirish, mobil internet tezligini oshirish hamda yangi raqamli servislarni joriy etish imkonini beradi.

Abonentlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kompaniya foydalanuvchilar tajribasini yanada yaxshilaydigan maxsus bonuslar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi.

Tariflar va bonusli takliflar haqidagi yangilangan ma’lumotlar bilan mobil ilova, kompaniyaning rasmiy sayti hamda abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlarida tanishishingiz mumkin.

Amalga oshirilayotgan ushbu qadamlar xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish va zamonaviy texnologik infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan. Bizni tanlaganingiz va ishonchingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

Batafsil ma'lumot

Yangilik bilan ulashish