Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi
Favqulodda vaziyatlar va mazkur jarayonda xavfsizlikni ta’minlash hamda aholi muhofazasi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, “O‘zbektelekom” AK tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida joriy yilning 20–21-oktabr kunlari o‘quv kursi tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-158-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 1-noyabrdagi 182-son bayoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘quv kursida Kompaniya Ijroiya apparati va “TMS Hub” filiali xodimlari ishtirok etdi.
O‘quv kursi davomida “Aholini zilzilaga tayyorlash” dasturi bo‘yicha soha xodimlari tayyorgarlikdan o‘tkazildi va ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati