2004-yildan boshlab “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE filiali tomonidan CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar aloqa xizmatlari ko‘rsatiladi. Prezident Qaroriga asosan 2015-yilda UZMOBILE GSM tarmog’i ishga tushirildi.
2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. UZMOBILE filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyaning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish vazifalari yuklatilgan.
4G – bu LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasi bo‘yicha to‘rtinchi avlod aloqasi bo‘lib, 3G uchinchi avlod mobil aloqasining asosiy taraqqiyot yo‘nalishidir. Mobil aloqasining istiqbolli standartlarini ishlab chiquvchi Third Generation Partnership Project (3GPP) Xalqaro birlashmasi, LTEni UMTS standartidan keyin navbatdagi keng polosali mobil aloqa tarmog‘i sifatida tasdiqlagan. Uchinchi avlod (3G) tarmog‘i 3,6 Mbit /s.gacha ma’lumotlar uzatish tezligini ta’minlaydi. LTE o‘tkazish polosasiga bog‘liq holda baza stantsiyasidan foydalanuvchigacha bo‘lgan yo‘nalishda ma’lumotlar uzatishning nazariy eng yuqori tezligini 326,4 Mbit/s.gacha, qayta yo‘nalishda esa 172,8 Mbit/s. gacha ta’minlaydi. Ikkinchi avlod, /2G/ tarmog‘i esa ma’lumotlar uzatishning nazariy jihatdan yuqori tezligini GPRS texnologiyasi yordamida 56-114 Kbit/s.gacha, EDGE yordamida esa 473,6 Kbit /s.gacha ta’minlashga qodir.
Qo‘shimcha xizmatlar qatorida: mobil Internet va turli Internet-paketlar, virtual xususiy tarmoqlar (VPN), xalqaro muqobil qo‘ng‘iroqlar, qisqa raqamlar, “GUDOK” xizmati, xalqaro rouming, chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash, uch tomonlama chaqiriq (yoki konferensaloqa), ovozli pochta, qisqa xabarlar xizmati va boshqalar.
2016-2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyasi joriy etilgan UZMOBILE GSM tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir vaqtda, UZMOBILEdan CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini rivojlantirish davom etadi.
Kompaniya tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlari, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlari, CDMA/GSM standartlarida mobil aloqa xizmatlari, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etish. Kompaniya xizmatlari to‘rtta —UZTELECOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELECOM TV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14tasi mintaqaviy, 8ta ixtisoslashtirilgan va 3tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2010-yil oxiriga kelib, 14 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbektelekom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Internet xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.
3,1 Mb/s gacha.
O‘zbekiston Respublikasi barcha aholi punktlarining 85%(foizi).
«O‘zbektelekom» UZMOBILE CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini rivojlantirishni davom ettiradi. Shu bilan birga, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘ining qurilishi faol olib boriladi.
- Balans tekshirish usullari: - USSD so’rov orqali: *100*1# (balans) *100*2# (SMS, daqiqa va MB qoldiqlari) - SMS orqali: 9999 raqamiga quyidagi kod bilan SMS yo’lash: 1001 (balans) 1002 (SMS, daqiqa va MB qoldiqlari) - GSM Shaxsiy kabinet orqali
Internet sozlash profil nomi: Uzmobile Qo’ng’iroq raqami: *99# APN(Точка доступа)- internet.uzmobile.uz MCC(Operator toifasi kodi)- 434 МNC(mobil tarmoq kodi)- 08
UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga murojaat qilish kerak.
USSD-yordamchi: *111# orqali yoki Shaxsiy kabinet orqali boshqarish mumkin.
Ha, buning uchun raqam oldidan + o’rniga # belgisini qo’yib raqamni terish kerak, misol uchun: #998991234567, xizmat narxi 210so’m/daq.
«Tun» xizmati faollashgandan so‘ng tungi soat 01:00 dan ertalabgi soat 07:59 ga qadar amal qiladi. Agar abonent “Tun” xizmatini soat 00:00dan so‘ng, lekin soat 08:00:00 gacha faollashtirgan bo‘lsa, faollashtirgan vaqtdan boshlab xizmatdan foydalana oladi. Agarda, abonent xizmatni 08:00 dan 00:00gacha faollashtirsa, xizmatdan keyingi kun soat 01:00dan 08:00gacha foydalana oladi. Tezlik cheklanmaan, lekin agar uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlar 5000 MB dan ortsa, Internet tezligi 64 Kbit/sekundgacha pasayadi.
+99871 200-10-99 raqami orqali.
Ha. Pasport ma’lumotlari o’zgarganda, ulanish joyidagi UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga kelib, yangi pasport ma’lumotlarini taqdim etish kerak.
Shaxsiy kabinet orqali yoki UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish orqali.
Raqam hisobdagi mablag’ o’zgargan eng oxirgi sanadan, yoki hisobda mablag’ qolmagan, xizmatlar to’xtaligan kundan boshlab 90 kun saqlanadi.
Abonent to’lovi yechilmaydi, limit taqdim etilmaydi.
“SIM-kartani almashtirish” xizmatining narxi 8400 so’m. To’lovlar to’lov amalga oshirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bank kursi bo’yicha so’mda amalga oshiriladi.
Ulanish amalga oshirilgan UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish kerak.
Telefon raqamdan foydalanish huquqini boshqa odamga berganda, ya’ni raqamni boshqa odamga qayta rasmiylashtirganda, shartnoma egasi va qabul qiluvchi UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishlari kerak. Bunda barcha hisob raqamlarda qarzdorlik bo’lmasligi kerak. Xizmat narxi – 8400 so'm.
Agar SIM-karta yoki mobil telefoningizni yo’qotib qo’ysangiz filial Call-markaziga qo’ng’iroq qilib, telefon raqamingizni bloklab qo’yishingiz mumkin. Shu bilan birga raqam egasi UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi kerak.
MChJ, XK, XF va boshqa xususiy korxonalardan (davlat ulushisiz) quyidagi hujjatlar kerak:
-
1. “O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga korxona blankida (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Korxona blanki bo’lmasa, unda korxona muhri bilan xat barcha rekvizitlar bilan.
Xat mazmuni: “Rahbariyat – “Korxona nomi” Sizdan tanlangan tarif rejalariga asosan (raqamlar soni)ta shartnoma tuzishga ruhsat berishingizni so’raymiz. - 2. “Guvohnoma” nusxasi korxona muhri bilan tasdiqlangan (muhr shart emas); Agar korxona faoliyati litsenziya talab qilsa, litsenziya nusxasi.
- 3. Korxona direktori pasporti nusxasi.
Davlat byudjetidan moliyalashtiriluvchi korxonalar ( maktab, institut, tadqiqot markazlari, kutubxonalar va h.k.)
- 1. O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga korxona blankida (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Korxona blanki bo’lmasa, unda korxona muhri bilan xat barcha rekvizitlar bilan. Agar tashkilotda to’lovlar g’aznachilikdan o’tsa g’aznachilikdagi hisob raqamini ko’rsatish kerak.
- 2. Tashkilot direktori pasporti, guvohnoma/litsenziya/qaror nusxasi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
- 1. “O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga rasmiy blankda (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Rasmiy blank bo’lmasa, unda barcha rekvizitlar bilan YaTT shaxsan kelsa bo’ldi.
- 2. Tadbirkor muhri bilan tasdiqlangan patent nusxasi.
- 3. Tadbirkor pasporti.
Internet-paketni uzaytirish bir turdagi (ya’ni bir qiymatga ega bo‘lgan) paket harid qilish orqali amalga oshiriladi. Jamlangan megabaytlar amal qilish muddati oxirgi paketni sotib olgan kundan boshlab 30 yoki 90 kunni tashkil etadi. Bir turda bo‘lmagan (turli qiymatli) Internet-paketlarini faollashtirganda, amal qilsh muddati har bir paket uchun alohida belgilanadi. Trafik sarflanish tartibi paket faollashtirishtirilgan tartib asosida. Inertnet-paketning amal qilish muddati tugagandan so‘ng yangi Internet-paket faollashtirilmasa, megabayt qoldiqlari saqlanib qolinmaydi.
Uzmobile kompaniyasida 4G LTE tarmog’i 1800 MHz chastotada ya`ni 3 band da ishlaydi.
CDMA qurilmalarida (modem, statsionar telefonlar) maxsus ilovani kompyuterga o’rnatgandan so’ng, quyidagi universal sozlamar kiritiladi • Телефон: #777 • Пользователь: internet@uzcdma.uz • Пароль: password
691 xatolik bu CDMA qurilmalarida internet sozlamalarini noto’gri kiritganda yuzaga keladi. Masalan, profil nomi yoki parolni noto’g’ri kiritganda.
Xa bor. Agar oylik abonent to’lovi to’lanmagan bo’lsa, u holda abonentlarda kiruvchi qo’ng’iroqlar saqlanib qoladi. Agar abonent oylik to’lovini birdan to’lash imkoniyatiga ega bo’lmasa, *123# USSD kod orqali kunlik abonent to’lovi yechilishi rejimini yoqib foydalanishi mumkin!