2026-yil 2-iyundan boshlab ushbu tarif reja shartlariga o'zgartirishlar kiritildi, batafsil ma'lumot bilan havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
Internet tarmog‘iga ulanish tezligi, TAS-IX va Uz-IX:
GPON — haqiqiy ulanish tezligi abonent terminalining parametrlariga va boshqa texnik omillarga qarab e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin.
Barcha texnologiyalar uchun haqiqiy tezlik "O‘zbektelekom" AKga tegishli bo‘lmagan tashqi operatorlar va tashkilotlar uskunalari va serverlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ko‘ra cheklanishi mumkin.
Wi-Fi - simsiz ulanishdan foydalanganda Internet tarmog‘iga haqiqiy ulanish tezligi Wi-Fi routerining qo‘llanilayotgan avlodiga (Wi-Fi 4/5/6), qo‘llanilayotgan chastotalar diapazoniga (2,4 GGs yoki 5 GGs), qurilmalarning mosligiga, ulanish nuqtasigacha bo‘lgan masofaga, ulangan qurilmalar soniga, devorlar va to‘siqlarning mavjudligiga, shuningdek elektromagnit shovqinlarga qarab e’lon qilinganidan pastroq bo‘lishi mumkin.
Barcha texnologiyalar uchun haqiqiy ulanish tezligi abonent uskunasining texnik xususiyatlariga, ulanish parametrlariga, bir vaqtda ishlaydigan qurilmalar soniga, aloqa liniyalarining holatiga va boshqa texnik omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tezlik, shuningdek, "O‘zbektelekom" AKga tegishli bo‘lmagan tashqi operatorlar va tashkilotlarning uskunalari va serverlarining o‘tkazish qobiliyati bilan cheklanishi mumkin. Tezlikni to‘g‘ri baholash uchun qurilmani bevosita operator uskunasiga simli ulash orqali o‘lchash tavsiya etiladi.
Tarif rejalarida ko‘rsatilgan tezlik maksimal darajada erishish mumkin bo‘lgan tezlik bo‘lib, u ulanish texnologiyasi va xizmat ko‘rsatishning texnik shartlariga rioya qilinishiga bog‘liqdir.
Internet xizmatlarini taqdim etishning boshqa shartlari va ularning tariflar doirasidagi tarifikatsiyasi Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlarida koʻrsatilgan.
“TELECOM TV” portalida OTT-televideniye xizmatlarini taqdim etish shartlari:
- “TELECOM TV” portalida media-kontentni koʻrish uchun foydalanuvchilar “TELECOM TV” ilovasini oʻz qurilmalariga yuklab olishlari va oʻrnatishlari kerak. Birinchi avtorizatsiya “O‘zbektelekom” AKning uydagi Internet tarmog‘iga ulangan qurilmada “TELECOM TV” ilovasi ishga tushirilganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Qurilma “O‘zbektelekom” AKning uydagi Internet tarmog‘iga ulanmagan boʻlsa, avtorizatsiya login va parolidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
- OTT- xizmatlari Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan taqdim etiladi.
- Telekanallarning batafsil roʻyxati https://telecomtv.uz veb-saytida eʼlon qilingan, telekanallar soni va roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
- “TELECOM TV” platformasida foydalanuvchilar uchun arxivdagi telekanallar efirlarlarini ko‘rish imkoniyati hamda “o‘tkazish” funksiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
- Bitta obuna doirasida media-kontentni koʻrish uchun beshtagacha qurilmadan foydalanish mumkin.
- Tariflar uskunaning narxini oʻz ichiga olmaydi.
- “TELECOM TV” platformasi foydalanuvchilariga boshqa media-kontentga (filmlar, teleseriallar, musiqalar va boshqalar) obuna boʻlish imkoniyati beriladi, qoʻshimcha obunalar uchun toʻlov shaxsiy hisobda mablagʻlar mavjud boʻlganda, alohida tasdiqlangan tariflar boʻyicha undiriladi.
- xDSL texnologiyasi bo‘yicha Internet orqali “TELECOM TV” platformasidan foydalanilganda, kontentni namoyish etish sifati abonent liniyasining uzunligi va abonentda o‘rnatilgan oxirlovchi uskunaga qarab o‘zgarishi mumkin.
IP-telefoniya xizmatlarini taqdim etish shartlari:
- IP-telefoniya xizmati uchun ro‘yxatdan o‘tishda to‘lov olinmaydi.
- Tariflarga abonent qurilmasi narxi kiritilmagan.
- “Oltin” raqamlar ajratilishi uchun to‘lovlar pullik toifadagi raqamlar uchun tasdiqlangan tariflarga hamda 125-1/7-son narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
- Abonent to‘lovi va foydalanmay qolingan daqiqalar limiti keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
- Mazkur tarif rejasi doirasida faqat bitta telefon raqamini ulash mumkin.
- Xalqaro darajadagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar shaxsiy hisob raqamida 3000 so‘m miqdorida oldindan to‘lov mavjud bo‘lishi sharti bilan taqdim etiladi, qo‘ng‘iroqlar tarifikatsiyasi 125-1/1 narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
- Qo‘shimcha xizmat turlari, axborot-ma’lumot xizmatlari, qayta rasmiylashtirish, raqamni almashtirish va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar 125-1/7 narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi, kontent-xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar alohida qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi.
- IP-telefoniya xizmatiga GPON va FTTB texnologiyalari bo‘yicha ulanish abonentning ushbu xizmatni qo‘llab-quvvatlaydigan tegishli oxirlovchi qurilmalari mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
- IP-telefoniya xizmatiga UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin.
- Ushbu tarif rejalarida IP-telefoniya xizmati uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish sanasi, Internet-xizmatlar uchun to‘lovlar belgilanganidek, har bir abonent uchun oyning birinchi sanasiga bog‘lanmagan holda, alohida belgilanadi.
- IP-telefoniya xizmati hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lgandagina taqdim etiladi, hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmagan hollarda, to‘lov amalga oshirilmagunga qadar, oldindan ogohlantirilmagan holda, o‘chirib qo‘yiladi.
- Tarif rejasining qolgan shartlari “Jismoniy shaxslar uchun Internetga keng polosali ulanishtariflariga va IP-telefoniya xizmatlari tariflariga izohlar” da bayon etilgan.
- 2025-yil 15-maygacha “IP-telefoniya” xizmatini UNLIM 4/6/10/10 Premium/15/20/20 Premium/30/40/60/100/300/1000, YANGI 1/1+/2/2+/3/4/ 5/5 (FTTB) /1000, HAMMASI BIRGA 1 tariflari bilan birga ulagan abonentlar uchun “IP-telefoniya” xizmatini ko‘rsatish shartlari avvalgidek - o‘zgarishsiz qoladi: IP-telefoniya uchun qo‘shimcha to‘lov olinmaydi. Bunda, agar “IP-telefoniya” raqamidan ketma-ket olti oy davomida foydalanilmasa (ya’ni, kiruvchi yoki chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bo‘lmasa), “O‘zbektelekom” AK ushbu “IP-telefoniya” raqamini bir tomonlama tartibda o‘chirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda, raqam keyinchalik tiklangan taqdirda, “IP-telefoniya” xizmati uchun to‘lov amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan tartibda yechib olinadi.
- Smart Services xizmatini taqdim etish shartlari:
- UNLIM 4/7/10/15/20/20 tarif rejalari abonentlariga Smart Services xizmatining “Wi-Fi va tarmoqlar” toifasidagi bitta xizmatdan hisob-kitob davri davomida bir marta qo‘shimcha to‘lovsiz foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Xuddi shu hisob-kitob davrida xizmatdan bir martadan ortiq foydalanish zarurati yuzaga kelganda, xizmatlar pullik asosda taqdim etiladi.
- Boshqa tarif rejalari abonentlari uchun Smart Services xizmatlari pullik asosda taqdim etiladi.
- Bitta xizmat deganda abonentning bitta murojaati doirasida bitta turdagi ishlarni bajarish tushuniladi.
- Smart Services xizmatlarini taqdim etish “O‘zbektelekom” AK hamkori tomonidan amalga oshiriladi.
- Taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
uy tarmog‘ini diagnostika qilish;
routerlar va tarmoq uskunalarini sozlash;
Wi-Fi ulanishining tezligi va barqarorligini optimallashtirish;
Wi-Fi qamrov hududini kengaytirish;
Mesh-tizimlarni ulash va sozlash;
beqaror ulanish muammolarini bartaraf etish;
lokal tarmoqni bazaviy sozlash;
Smart-qurilmalarni ulash va sozlash.
“O‘zbektelekom” AK hamkor bilan birgalikda xizmatni rivojlantirish doirasida xizmatlar ro‘yxatini, jumladan ularni qo‘shish va chiqarish orqali o‘zgartirish huquqiga ega. - Pullik asosda xizmatlar ko‘rsatilganda xizmatlar qiymati “O‘zbektelekom” AK hamkorining amaldagi tariflariga muvofiq belgilanadi.