UZTELECOM yuqori tezlikdagi texnologiyalarning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda: simli internet yanada tezlashadi
"O‘zbektelekom" AK modernizatsiya va ilg‘or yechimlarni joriy etish yo‘nalishini davom ettirmoqda. Raqamli transformatsiya va telekommunikatsiya infratuzilmasini kompleks yangilash dasturi doirasida kompaniya simli internet xizmatlarini taqdim etishning yangi texnologiyalarini joriy etib, bir qator tarif rejalarining shartlarini yangilamoqda.
2025-yil 21-avgustdan simli internet xizmatlarining ayrim tariflaridagi o‘zgarishlar kuchga kiradi. Asosiy e’tibor tezligi 100 Mbit/s va undan yuqori bo‘lgan zamonaviy yuqori tezlikdagi GPON va FTTx texnologiyalariga qaratilgan. Bundan tashqari, xizmatlar paketiga turli yo‘nalishdagi kengaytirilgan televizion kanallar to‘plami kiritiladi. Ular orasida mashhur ko‘ngilochar va ma’rifiy ko‘rsatuvlardan tortib ta’lim dasturlari va mavzuli kanallargacha mavjud. Kanallar tanlovini 80 tadan 120 tadan ortig‘igacha kengaytirdik. Bunday kontent butun oilaga dam olish, o‘zini rivojlantirish va yangi bilimlar olish uchun qiziqarli materiallar topish imkonini beradi. Barcha kanallarni istalgan vaqtda va istalgan joyda qulay TelecomTV ilovasi orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu ilovani smartfon yoki planshetga o‘rnatish mumkin.
Ushbu qadam raqamli muhitni rivojlantirish va mamlakatimiz kelajagi uchun mustahkam texnologik poydevor yaratishga qaratilgan. UZTELECOM tarmoqni zamonaviylashtirish va eng ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga faol investitsiya kiritmoqda. Bu esa abonentlarga internet aloqasining yanada yuqori sifatini, barqarorligini va tezligini ta’minlash imkonini beradi.
Butun dunyoda past o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega eskirgan texnologiyalardan voz kechilmoqda va zamonaviy optik va gibrid tarmoqlarga o‘tilmoqda. Ushbu global tendensiyalarga amal qilgan holda, UZTELECOM mijozlarga tezkor va ishonchli internet xizmatini taqdim etish maqsadida yangi avlod yechimlarini joriy etmoqda.
Uy internetida ishlatilayotgan qurilmalar soni va faoliyati kundan-kunga ko‘paymoqda.: bugungi kunda smartfonlar, planshetlar, noutbuklar, smart televizorlar, Wi-Fi ulanishiga ega maishiy texnika, shuningdek "aqlli uy" va videokuzatuv tizimlari bir vaqtning o‘zida tarmoqqa ulanmoqda. Ish, o‘qish, striming xizmatlari, onlayn kinoteatrlar va video aloqa uchun barqaror hamda yuqori tezlikdagi internet aloqasi zarur. 10-15 yil avval yaratilgan texnologiyalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati cheklanganligi va texnik nosozliklarga nisbatan sezilarli darajada ta’sirchanligi, ortib borayotgan talablarga javob bera olmay qolmoqda.
Tariflarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
UZTELECOM barcha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va raqamli davrning zamonaviy talablariga moslashishga qaratilganini inobatga olib, abonentlaridan tushunish va qo‘llab-quvvatlashlarini umid qiladi.