2026-yil 2-iyundan boshlab ushbu tarif reja shartlariga o'zgartirishlar kiritildi, batafsil ma'lumot bilan havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
Internet tarmog‘iga ulanish tezligi, TAS-IX va Uz-IX:
VDSL — Haqiqiy tezlik abonent liniyasining uzunligi va oxirlovchi uskunaning texnik xususiyatlariga qarab e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin. Abonentga ma’lumotlarni uzatishning maksimal tezligi (yuklash tezligi) ko‘rsatilgan. Abonentdan ma’lumotlarni uzatish tezligi (tushirish tezligi) farq qilishi mumkin.
FTTB — haqiqiy ulanish tezligi ulanishni tashkil etish uchun ishlatiladigan uskunaning (shu jumladan operator va abonent uskunasi) o‘tkazish qobiliyatiga, tarmoq portlari va ulanish interfeyslarining tezligiga (100 Mbit/s, 1 Gbit/s va undan yuqori), ishlatiladigan UTP kabelining turi va toifasiga, shuningdek boshqa texnik omillarga qarab e’lon qilinganidan farq qilishi mumkin. O‘tkazish qobiliyati 100 Mbit/s gacha bo‘lgan uskunalar yoki ulanish tarmoq interfeyslaridan foydalanilganda, amalda erishiladigan ulanish tezligi bunday uskunalar yoki interfeyslarning texnik xususiyatlari bilan cheklanishi mumkin.
GPON — haqiqiy ulanish tezligi abonent terminalining parametrlariga va boshqa texnik omillarga qarab e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin.
Barcha texnologiyalar uchun haqiqiy tezlik "O‘zbektelekom" AKga tegishli bo‘lmagan tashqi operatorlar va tashkilotlar uskunalari va serverlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ko‘ra cheklanishi mumkin.
Wi-Fi - simsiz ulanishdan foydalanganda Internet tarmog‘iga haqiqiy ulanish tezligi Wi-Fi routerining qo‘llanilayotgan avlodiga (Wi-Fi 4/5/6), qo‘llanilayotgan chastotalar diapazoniga (2,4 GGs yoki 5 GGs), qurilmalarning mosligiga, ulanish nuqtasigacha bo‘lgan masofaga, ulangan qurilmalar soniga, devorlar va to‘siqlarning mavjudligiga, shuningdek elektromagnit shovqinlarga qarab e’lon qilinganidan pastroq bo‘lishi mumkin.
Barcha texnologiyalar uchun haqiqiy ulanish tezligi abonent uskunasining texnik xususiyatlariga, ulanish parametrlariga, bir vaqtda ishlaydigan qurilmalar soniga, aloqa liniyalarining holatiga va boshqa texnik omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tezlik, shuningdek, "O‘zbektelekom" AKga tegishli bo‘lmagan tashqi operatorlar va tashkilotlarning uskunalari va serverlarining o‘tkazish qobiliyati bilan cheklanishi mumkin. Tezlikni to‘g‘ri baholash uchun qurilmani bevosita operator uskunasiga simli ulash orqali o‘lchash tavsiya etiladi.
Tarif rejalarida ko‘rsatilgan tezlik maksimal darajada erishish mumkin bo‘lgan tezlik bo‘lib, u ulanish texnologiyasi va xizmat ko‘rsatishning texnik shartlariga rioya qilinishiga bog‘liqdir.
Internet xizmatlarini taqdim etishning boshqa shartlari va ularning tariflar doirasidagi tarifikatsiyasi Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlarida koʻrsatilgan.
- IP-telefoniya xizmatlarini taqdim etish shartlari:
- IP-telefoniya xizmati uchun ro‘yxatdan o‘tishda to‘lov olinmaydi.
- Tariflarga abonent qurilmasining narxi kiritilmagan.
- Pullik toifadagi raqamlarni ajratish uchun to‘lov alohida tasdiqlangan tariflar bo‘yicha olinadi.
- Abonent to‘lovi va foydalanilmay qolgan daqiqalar limiti keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
- Mazkur tarif rejasi doirasida faqat bitta telefon raqamini ulash mumkin.
- Xalqaro darajadagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar shaxsiy hisob raqamida 3000 so‘m miqdorida oldindan to‘lov mavjud bo‘lishi sharti bilan taqdim etiladi, qo‘ng‘iroqlar tarifikatsiyasi 125-1/1-son Narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
- Qo‘shimcha xizmat turlari, axborot-maʼlumot xizmatlari, qayta rasmiylashtirish, raqamni almashtirish va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar 125-1/7-son Narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi, kontent-xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar alohida qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi.
- IP-telefoniya xizmatiga GPON va FTTB texnologiyalari bo‘yicha ulanish abonentning ushbu xizmatni qo‘llab-quvvatlaydigan tegishli oxirlovchi qurilmalari mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
- IP-telefoniya xizmatiga UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin.
- Ushbu tarif rejalarida IP-telefoniya xizmati uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish sanasi, Internet-xizmatlar uchun to‘lovlar belgilanganidek, har bir abonent uchun oyning birinchi sanasiga bog‘lanmagan holda, alohida belgilanadi.
- IP-telefoniyaning cheklovsiz tarif rejalarida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar (shu jumladan, tarmoq ichida) uchun texnologik cheklov oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Belgilangan limitdan ortiq qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan holda, chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarifga binoan belgilangan limitdan oshgan qo‘ng‘iroqlar sifatida 125-1/1-son Narxnomaga muvofiq narxlanadi.
- IP-telefoniya xizmati hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lgandagina taqdim etiladi, hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmagan hollarda, to‘lov amalga oshirilmagunga qadar, oldindan ogohlantirilmagan holda, o‘chirib qo‘yiladi.
- Internet xizmatlarining joriy hisob-kitob davri mobaynida “IP-telefoniya” xizmati ulanganda “IP-telefoniya” uchun qo‘shimcha abonent to‘lovi keyingi hisob-kitob davri boshidan boshlab olinadi.
- 2025-yil 15-maygacha “IP-telefoniya” xizmatini UNLIM 4/6/10/10 Premium/15/20/20 Premium/30/40/60/100/300/1000, YANGI 1/1+/2/2+/3/4/ 5/5 (FTTB) /1000, HAMMASI BIRGA 1 tariflari bilan birga ulagan abonentlar uchun “IP-telefoniya” xizmatini ko‘rsatish shartlari avvalgidek - o‘zgarishsiz qoladi: IP-telefoniya uchun qo‘shimcha to‘lov olinmaydi. Bunda, agar “IP-telefoniya” raqamidan ketma-ket olti oy davomida foydalanilmasa (ya’ni, kiruvchi yoki chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bo‘lmasa), “O‘zbektelekom” AK ushbu “IP-telefoniya” raqamini bir tomonlama tartibda o‘chirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda, raqam keyinchalik tiklangan taqdirda, “IP-telefoniya” xizmati uchun to‘lov amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan tartibda yechib olinadi.
-
- Smart Services xizmatini taqdim etish shartlari:
- YANGI 1/1+/2/2+ tarif rejalari abonentlariga Smart Services xizmatining “Wi-Fi va tarmoqlar” toifasidagi bitta xizmatdan hisob-kitob davri davomida bir marta qo‘shimcha to‘lovsiz foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Xuddi shu hisob-kitob davrida xizmatdan bir martadan ortiq foydalanish zarurati yuzaga kelganda, xizmatlar pullik asosda taqdim etiladi.
- Boshqa tarif rejalari abonentlari uchun Smart Services xizmatlari pullik asosda taqdim etiladi.
- Bitta xizmat deganda abonentning bitta murojaati doirasida bitta turdagi ishlarni bajarish tushuniladi.
- Smart Services xizmatlarini taqdim etish “O‘zbektelekom” AK hamkori tomonidan amalga oshiriladi.
- Taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
uy tarmog‘ini diagnostika qilish;
routerlar va tarmoq uskunalarini sozlash;
Wi-Fi ulanishining tezligi va barqarorligini optimallashtirish;
Wi-Fi qamrov hududini kengaytirish;
Mesh-tizimlarni ulash va sozlash;
beqaror ulanish muammolarini bartaraf etish;
lokal tarmoqni bazaviy sozlash;
Smart-qurilmalarni ulash va sozlash.
“O‘zbektelekom” AK hamkor bilan birgalikda xizmatni rivojlantirish doirasida xizmatlar ro‘yxatini, jumladan ularni qo‘shish va chiqarish orqali o‘zgartirish huquqiga ega. - Pullik asosda xizmatlar ko‘rsatilganda xizmatlar qiymati “O‘zbektelekom” AK hamkorining amaldagi tariflariga muvofiq belgilanadi.