Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

“Ikki karra Internet” aksiyasi – UZTELECOM abonentlari uchun yangi yil arafasida juda ham ko‘p mobil internet taqdim etmoqda!



Milliy operator GSM mobil aloqa abonentlari uchun sevimli bo‘lishga ulgurgan “Ikki karra Internet” aksiyasini yana yo‘lga qo‘ymoqda. Hamyonbop va ikki baravar foydali maxsus Internet-paketlar!

Shubhasiz, Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotganda ko‘pchiligimiz zamonaviy Internet xizmatlari yordamiga – sovg‘alar, xaridlar, qiziqarli joylar va boshqa muhim narsalar haqida har qanday ma’lumotni bir necha daqiqada olishni osonlashtiradigan qudratli va hamma narsani bilguvchi yordamchimizga tez-tez murojaat qilamiz. Shu bois eng faol Internet foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy operator “Ikki karra Internet” aksiyasini qaytadan ishga tushirmoqda!

2021-yil 7-dekabrdan 2022-yil 7-yanvargacha bo‘lgan davrda UZTELECOMning GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari 1, 1,5 va 3 GB nominalli maxsus aksiyaviy Internet-paketlardan birini qulay narxlarda ulash hamda ikki barobar ko‘proq Internet-trafik olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar! 1,5 GB uchun to‘lab, ushbu miqdordagi pul evaziga 3 GB olish – bularning hammasi UZTELECOMdan Yangi yil arafasidagi “Ikki karra Internet” aksiyasining mo‘jizalari!



Aksiyada GSM mobil aloqa tarmog‘ining (jismoniy shaxs) abonentlari ishtirok etishlari mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur aksiyaga faqatgina UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida hamda Call-Center operatorlari yordamida, maxsus USSD-buyruq yoki SMS-xabar yuborish orqali ulanish mumkin. Ushbu aksiyaviy Internet-paketlariga dilerlik xizmat ko‘rsatish punktlari orqali ulanish ham jismoniy, ham yuridik abonentlar uchun yopiq.

Aksiyaviy Internet-paketni faollashtirgandan so‘ng, operator tomonidan har bir abonentga paket ulanganligi va uning holatini tekshirish usuli to‘g‘risida SMS-xabar keladi.

UZTELECOMdan “IKKI KARRA INTERNET” – Internet ko‘proq… bo‘ladi!

Aksiya yuzasidan batafsil ma'lumot mazkur havolada.

UZTELECOM – Milliy operator.

Yangilik bilan ulashish