30.08.2020

MyUZTELECOM - mobil ilovasi bonuslarni tuxfa etishda davom etadi 




Ajoyib yangilik – Biz bonuslarni taqdim etishda davom etamiz. Endilik aksiya 2020-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi. MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalanib, bonusli Internet-toʻplamlarga sazovor boʻling. MyUZTELECOM universal ilovasini yuklab olganda va undan foydalanganda, sovgʻa sifatida 50 MB dan 3750 MB gacha boʻlgan Internet-toʻplamlarning egasiga aylanasiz!

Qulay MyUZTELECOM mobil ilovasi - bu Milliy operator abonentlari uchun universal yechim boʻlib, sizning xizmatlaringizni boshqarishdagi yagona yordamchingizga aylanadi. MyUZTELECOM yordamida siz aloqa va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishingiz, Internet-toʻplamlarni xarid qilishingiz, operator xizmatlarini faollashtirishingiz va oʻchirishingiz mumkin.

Endilikda MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali xizmatlarni boshqarish va toʻlash nafaqat tez, balki foydali hamdir!  Ilovani yuklab oling va sovgʻa sifatida 500 MB Internet-trafikka ega boʻling.  Ammo, bu hali hammasi emas!  Shaxsiy hisobingizni har toʻldirganingizda yoki Internet-toʻplamlarni faollashtirganingizda, siz 3 kundan 7 kungacha boʻlgan davrga sizga taqdim etilayotgan bonus turidan kelib chiqqan holda yuqori tezlikdagi va eng sifatli mobil Internetning bonusli MEGABAYTlariga mutlaqo bepul tarzda ega boʻlasiz.  Misol uchun, hisobingizni 10 000 soʻmdan 24 999 soʻmgacha toʻldirganingizda, sizga 100 MB sovgʻa sifatida taqdim etiladi!  Nominal qiymati 5000 MB boʻlgan Internet-toʻplam xarid qilganingizda esa siz 250 MB bonusli trafikka ega boʻlasiz!

Aksiya UZTELECOM GSM standartidagi jismoniy shaxs abonentlari, shuningdek "Faol" holatidagi "Mobil byudjet" xizmatiga ega korporativ mijozlar uchun ham amal qiladi.

My UZTELECOM ilovasini quyidagi havolalar orqali  yuklab olishingiz mumkin:
 

 

 

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing