Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

Internet va IP - telefoniya xizmatlarini ko‘rsatish shartlaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli abonentlar! 

 

Jismoniy shaxslar uchun keng polosali internet xizmatlarini ko‘rsatish shartlarida o‘zgarishlar bo‘lishi haqida sizni xabardor qilamiz. Ushbu o‘zgarishlar 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi. 

 

Yangi tartibga ko‘ra, quyidagi tarif rejalari doirasida IP-telefoniya xizmati endi mavjud bo‘lmaydi: 

HAMMASI BIRGA 1 / 2 / 3 / 3+mobile / 4 / 5 

YANGI 1 / 1+ / 2 / 2+ / 3 / 4 / 5 / 1000 

UNLIM 6 / 7 / 10 / 10 

Premium / 20 / 20 Premium / 30 / 40 / 60 / 100 / 300 / 1000 

 

Mazkur tarif rejalaridan foydalanayotgan abonentlar uchun muhim ma’lumot: IP-telefoniya xizmatidan yangi abonentlar 2025-yil 15-maydan boshlab pullik asosda foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 

2025-yil 15-maygacha IP-telefoniya tarmog‘iga ulangan abonentlar uchun xizmat avvalgi shartlar asosida — qo‘shimcha to‘lovlarsiz davom ettiriladi. Shuningdek, 2025-yil 15-maydan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar uchun simli va IP-telefoniya xizmatlaridagi “Optimal” va “Yagona tarmoq” tarif rejalari bo‘yicha yangi ulanishlar to‘xtatiladi. 

 

Yangilangan tariflar haqidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

Yangilik bilan ulashish