11.11.2021

UZTELECOM endi Mediabay bilan birga!



UZTELECOM GSM standartidagi mobil aloqa xizmati abonentlari uchun “Mediabay onlayn-kinoteatr” kontent-xizmatini taqdim etadi.

Endi siz Mediabay mobil ilovasida mobil internet trafigini sarflamasdan video va teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Hammasi juda oddiy, shunchaki siz uchun qulay bo‘lgan quyidagi paketlardan birini faollashtiring va xizmatlardan o‘zingiz xohlagandek foydalaning:

Amediateka – ushbu paket orqali bor-yo‘g‘i 23 000 so‘m to‘lab 30 kun, 11 500 to‘lab esa 7 kun davomida muqovasida “A” logotipi bo‘lgan barcha filmlar, seriallar, multiplikatsion filmlarni tomosha qilishingiz mumkin;

TV Start paketiga ulaning va 23 000 so‘m evaziga 30 kun yoki 11 500 so‘m to‘lab 7 kun mobaynida, istasangiz 2 300 so‘m evaziga 1 kun 67 ta telekanalni kuzatib borish imkoniyatini qo‘lga kiriting;

TV MAXIMUM – ushbu paket sizga 116 ta telekanalni tomosha qilish imkonini beradi. Xizmat narxi mutlaqo hamyonbop: 34 500 so‘m – 30 kun, 17 300 so‘m – 7 kun va 3 500 so‘m – 1 kun;

Premium paketiga ulanib + imkoniyatni qo‘lga kiriting. Qanday deysizmi? Juda oson! Ushbu paket tarkibiga 60 000 so‘m to‘lov evaziga 30 kunlik muddatga naqd 116 ta kanal va qo‘shimcha Amediateka paketi kiradi. Darvoqe, mazkur paketdan 33 000 so‘m evaziga 7 kun foydalanishingiz ham mumkin;

Milliy paketi bilan muqovasiga “M” logotipi tushirilgan barcha filmlar va teleseriallarni tomosha qiling. Ushbu paketning narxi: 30 kunga 10 400 so‘m, 7 kunga 4 300 so‘m va 1 kunga  2 000 so‘m.

Tanlagan paketingiz uchun abonent to‘lovi raqamingiz balansidan yechib olinadi. Shu bilan birga filmlar yoki o‘zingizni qiziqtirgan ko‘rsatuvlarni tomosha qilayotganingizda mobil internet trafigi sarflanmaydi. Bu juda ham qulay va hamyobop.

Eslatib o‘tamiz, “Mediabay onlayn-kinoteatr” kontent-xizmati mobil aloqa abonentlari uchun xizmat turlarini yanada kengaytirish va qulay sharoitlar yaratish maqsadida taqdim etilmoqda. Oldinda Sizlar uchun yangiliklarimiz ko‘p, shu bois Biz bilan birga qoling!

Quyidagi havola orqali xizmat bilan batafsil tanishib olishingiz mumkin.
 

Mediabay ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: 

  •  Android  platformasi uchun
  •   iOS platformasi uchun


UZTELECOM – Milliy operator!



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing