Ushbu shartlar “Mediabay” mobil ilovasida UZTELECOM mobil tarmog‘ining GSM standartidagi mobil tarmog‘i abonentlariga video va telekontent xizmatlarini taqdim etish (keyingi o‘rinlarda - Xizmat) tartibini belgilaydi.
Xizmat doirasida abonentlarga jadvalda keltirilgan narxlarga muvofiq to‘plamrdan paketlardan birini faollashtirish imkoniyati beriladi:
 
T/r Paket nomi Kontent tarkibi Narxi so’m Amal qilish muddati, kun


1


Amediateka


Muqovasida “A” logotipi bo‘lgan barcha filmlar, seriallar, multiplikatsion filmlar

23 000 30
11 500 7


2


TV Start


60 ta telekanaldan ortiq + bepul VOD (7 kun)

23 000 30
11 500 7
2 300 1


3


TV MAXIMUM


100 ta telekanaldan ortiq + bepul VOD (7 kun)

34 500 30
17 300 7
3 500 1


4


Premium


100 ta telekanaldan ortiq + Amediateka + Milliy + bepul VOD (7 kun)

60 000 30
33 000 7


5


Milliy


“M” muqovasida logotipi tushirilgan barcha filmlar, teleseriallar

10 400 30
4 300 7
2 000 1

 

  • Paketlardan biri faollashtirilganda avval (joriy) faollashtirilgan paketning amal qilish muddatidan qatʼi nazar boshqa (bir xil turdagi emas) paketni ham faollashtirish mumkin. Paketni faollashtirish uchun yechib olingan summa qaytarib berilmaydi va/yoki qayta hisob-kitob qilinmaydi.
  • Xizmat barcha jismoniy shaxslar uchun faol tarif rejalarida amal qiladi (M2M seriyali tarif rejalari bundan mustasno).
  • “Mediabay”dan onlayn-kinoteatr” xizmatidan foydalanish uchun ilgari o‘chirilgan “Mobil internet” xizmatini faollashtirish kerak.
  • Xizmatni faollashtirish uchun abonentning shaxsiy hisobida xizmat narxini yechib olish uchun yetarli miqdordagi mablag‘ bo‘lishi kerak.
  • “Mediabay” Xizmati doirasida Internet-trafik faqat UZTELECOM uyali aloqa tarmog‘ida foydalanilganda, sotib olingan paket doirasida, tarifikatsiya qilinmaydi. Xizmatning qaydlar yozuviga (akkauntga) boshqa har qanday Internet tarmog‘i orqali kirganda trafik tarif rejasi shartlariga muvofiq tarifikatsiya qilinadi.
  • Mobil ilovada faollashtirilgan obuna mediabay.uz portalining veb-versiyasida ham amal qiladi.
  • UZTELECOM uyali aloqa tarmog‘ida faol obunadan foydalanish imkoniyati bitta qurilmada (bir vaqtning o‘zida), dastlab ro'yxatdan o‘tkazilgan mobil raqamiga biriktirilmagan holda, taqdim etiladi.
    UZTELECOM uyali aloqa tarmog‘ida bo'lmagan qo‘shimcha qurilmadan xuddi shunday login va paroldan foydalangan holda kirish mumkin
  • Obuna muddati tugashi bilan Xizmat avtomat ravishda uzaytirilmasdan o‘chiriladi. Xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun keyingi muddatga obuna bo‘lish lozim.
  • Xizmat faollashtirilganidan so‘ng Internet-trafik sarflanishining oldini olish uchun mobil maʼlumotlarni o‘chirgan holda Internet-sessiyani yakunlab, keyin uni qayta faollashtirish lozim.
  • Ilova muqovalarni va “Mediabay” ilovasining boshqa servislarini yuklash uchun oz miqdorda trafik sarflashi mumkin. Bunda, videokontent va onlayn-TVni ko‘rish uchun barcha trafik bepul bo‘lib, Internet-paketlar doirasidagi trafikni sarflamaydi.
  • Xizmat ishga tushirilishi va uning shartlari haqida tegishli maʼlumotlar Kompaniyaning www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali eʼlon qilinadi.
  • “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Xizmat shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega va ushbu haqda tegishli maʼlumotlar Kompaniyaning www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali maʼlum qilinadi. Abonentlar Xizmat shartlariga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlarni Kompaniyaning mazkur rasmiy veb-sayti orqali mustaqil ravishda tekshirib turishlari mumkin.


    Mediabay ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: 

  •  Android  platformasi uchun
  •   iOS platformasi uchun

 

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar