Ushbu xizmat “A” abonent (donor)ga “B” (retsipiyent) abonent uchun Internet-paketni sotib olish imkoniyatini beradi, paket uchun to‘lov “A” abonentning shaxsiy hisobidan yechib olinadi.

Ushbu xizmat jismoniy va yuridik shaxslar uchun (mobil byudjet xizmati mavjud bo‘lganda) barcha tarif rejalarida amal qiladi (“Royal” tarif rejasi, “M2M” va “Units” tarif rejalari seriyasi, shuningdek, tarif rejasi shartlarida Internet-paketlarni sotib olish cheklanganligi ko‘rsatilgan tarif rejalari bundan mustasno).

Xizmat doirasida ulanish uchun mavjud Internet-paketlar guruhi:
 
Internet-paketlar guruhi
Internet-paket Internet-paketning hajmi Harid qilinadigan Internet-paketning narxi, so‘m Amal qilish muddati (kun) Paketlarni USSD-so‘rovlar orqali faollashtirish

1 GB

1 024 МВ

10 000

30

*120*99XXXXXXX*1#

1.5 GB

1 536 MB

15 000

30

*120*99XXXXXXX*2#

3 GB

3 072 МВ

20 000

30

*120*99XXXXXXX*3#

5 GB

5 120 МВ

30 000

30

*120*99XXXXXXX*4#

8 GB

8 192 МВ

40 000

30

*120*99XXXXXXX*5#

12 GB

12 288 МВ

55 000

30

*120*99XXXXXXX*6#

16 GB

16 384 MB

60 000

30

*120*99XXXXXXX*11#

20 GB

20 480 МВ

65 000

30

*120*99XXXXXXX*7#

30 GB

30 720 МВ

75 000

30

*120*99XXXXXXX*8#

50 GB

51 200 МВ

90 000

30

*120*99XXXXXXX*9#

75 GB

76 800 МВ

120 000

30

*120*99XXXXXXX*10#

99XXXXXXX –“B” abonentni raqami

 

“Kunlik Internet-paketlar” guruhi
Internet-paket Internet-paketning hajmi Xarid qilinadigan
Internet-paketning narxi, so‘m
Amal qilish
muddati (soat)
Paketlarni USSD -so‘rovlar orqali
faollashtirish

D100MB

100 MB

3 000

24

*120*99XXXXXXX*101#

D300MB

300 MB

6 000

24

*120*99XXXXXXX*102#

D600MB

600 MB

9 000

24

*120*99XXXXXXX*103#

99XXXXXXX – “B” abonentni raqami

  • Internet-paket sovg‘a qilish uchun abonent *120# USSD menyusiga kiradi, 99xxxxxxx formatida qabul qiluvchi abonentning raqamini va kerakli Internet-paketning raqamini kiritadi.
  • Faollashtirilgan Internet-paketda (yoki tarif rejasida) Internet-trafik qoldig‘i haqida maʼlumot olish uchun 1002# yoki 1002 qisqa raqamiga 9999 raqamlarini terish kerak.
  • Paketni ulash “A” abonent faol bo‘lganda holatda abonentning hisobida paket narxini yechib olish uchun yetarli mablag bo‘lgandagina amalga oshiriladi. “B” abonent olingan Internet-trafikdan faqat faol holatda bo‘lgandagina foydalanishi mumkin.
  •  
  • Qabul qilingan Internet-trafik avval qabul qilingan trafik (shuningdek, sotib olingan ushbu guruhdagi trafik qoldig‘i bilan) qo‘shib hisoblanadi, qo‘shib hisoblangan trafikning amal qilish muddati oxirgi qabul qilingan Internet-paketning amal qilish muddatiga teng qilib o‘rnatiladi.
  • Internet-paketning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, ushbu guruhning navbatdagi Internet-paketi faollashtirilmagan taqdirda, megabaytlar qoldig‘i saqlab qolinmaydi.
  • Agar abonent Internet-paketga ega bo‘lsa va sessiya uchun Internet-paketda yetarli miqdorda MBlar bo‘lmasa (10 MB dan kam), bu holda keyingi hisob-kitoblar asosiy balansdan amalga oshiriladi (agar hisob raqamida mablag‘lar mavjud bo‘lsa).

Internet-trafik sarflanishining ustuvorligi:

  • Kunlik “Internet non-stop”.
  • “Kunlik Internet-paketlar” (shu jumladan, sovg‘a qilingan).
  • Bonusli Internet-paketlar (bonusli paketlar shartlariga muvofiq mavjud bo‘lsa).
  • Tarif rejasi doirasidagi bo‘sh resurslar (limitlar).
  • “Internet non-stop” paketlari.
  • Internet-paketlar, sotib olingan tartibda (shu jumladan, sovg‘a qilingan).

    * Internet-paketlarning boshqa turlari kiritilganda ularning shartlari, sarflanishining ustuvorligi Internet-paketlar shartlarida bayon qilinadi. Tarif rejasiga kiritilgan trafik tugashi bilan yoki paketning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, barcha tarif rejalarida tarif rejasining shartlariga qarab tarifikatsiya o‘rnatiladi.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar