Paket Narxi, so‘m USSD-so‘rovlar 999018 raqamiga
SMS-so‘rov orqali
2 GB weekend 5 000 *111*1/2/3*28*1#
*128*1*1#
11
5 GB weekend 10 000 *111*1/2/3*28*3#
*128*2*1#
12
  • Xizmatdan mobil budjet xizmati faollashtirilgan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin (M2M va UNITS TRga ulangan abonentlar bundan mustasno).
  • “Weekend” uchun Internet” xizmati doirasida abonentlarga imtiyozli narxlarda amal qilish muddati cheklangan Internet-paketlar taqdim etiladi. Internet-paketlar dam olish (shanba, yakshanba) kunlari uchun taqdim etiladi. Internet-paketning sarflanmagan hajmi xizmat muddati tugaganidan soʻng tugaydi va keyingi haftaga o‘tkazilmaydi.
  • Xizmat yoqilgandan so‘ng shanba kuni soat 00:00 dan yakshanba kuni soat 23:59 gacha amal qiladi. Agar Abonent paketni shanba kuni soat 00:00 dan keyin va joriy dam olish kuni, yakshanba kuni soat 23:59 dan oldin faollashtirsa, u xizmatdan ulangan paytdan boshlab foydalanishi mumkin va uning muddati joriy yakshanba kuni soat 23:59 gacha amal qiladi. Agar Abonent paketni yakshanba kuni soat 23:59 dan keyin va shanba kuni soat 00:01 ga qadar faollashtirsa, xizmatdan eng yaqin dam olish kunlarida shanba kuni soat 00:00 dan yakshanba kuni soat 23:59 gacha foydalanishi mumkin.
  • Xizmat USSD so‘rov, SMS, mobil ilova, Call-markaz operatorlari orqali, sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida faollashtiriladi.
  • Abonent bir vaqtning o‘zida paketlardan bir nechtasini faollashtirishi mumkin, paketlarni sarflash tartibi - faollashtirish tartibiga muvofiq.
  • Resurslarni sarflash ustuvorligi:
    -    “Kunlik” (kunduzgi, non-stop);
    -    “Weekend” uchun Internet”;
    -    Bonusli Internet-paketlar;
    -    Тarif rejasi doirasidagi Internet-trafik;
    -    Boshqa Internet-paketlar.
  • “Weekend” uchun Internet” xizmati doirasida paketlarni faollashtirish narxi bir marta narxlanadi.
  • Хizmatidan foydalanganda Internet-paketlardagi trafik yoki tarif rejasidagi Internet-trafik sarflanmaydi.
  • Mobil raqam yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda xizmatni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
  • Internet-sessiya uzluksiz ekanligini hisobga olib, noto‘g‘ri hisob-kitob qilinishini oldini olish uchun Abonent soat 00:01gacha Internet-sessiyani to‘xtatishi kerak.
  • Хizmat quyidagi tarif rejalariga ulangan abonentlar uchun amal qiladi:
    Jismoniy shaxslar uchun:
    “Aloqachi”, “Yoshlar”, “Oddiy 10”, “TA’LIM”, “Maktab”, “Street”, “OnLime”, “Flash”, “Ishbilarmon”, “Street Upgrade”, “Flash Upgrade”, “C1”, “C2”, “C3”, “C4”, “E’ZOZ”, “Salom”, “Salom Plus”, “Step”, “Traffic”, “Uzmobile 1200”, “Uzmobile 4000”, “Construktor”, “Uzmobile VIP”, “Komfort”, “Milliy 10/15/40/50/70/100/150”.
  • Xizmat O‘zbekiston Respublikasi hududida UZTELECOM GSM tarmog‘ining  qamrovi zonasida, abonent raqami “faol” holatda bo‘lganda amal qiladi.
     
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar