Xizmatlar nomi

Amal qilish davri

“Uz-IX” va “TAS-IX”, Internet tarmog‘iga

ulanish tezligi, Mbit/s

Tashqi trafik limiti

Xizmat narxi, so‘m

TURBO - 500*

1 sutka (24 (soat)

3 sutka (72 soat)

7 sutka (168 soat)

500

 

50 000

130 000

240 000

 

“TURBO” xizmati taqdim etish shartlari

  • * GPON texnologiyasi bo‘yicha ulangan abonentlarga taqdim etiladi.
  • “TURBO” (keyingi o'rinlarda – Xizmat) xizmati faqat jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.
  • Xizmat abonent hisobida qo‘shimcha xizmatlar uchun yechib olishga yetarli mablag‘lar bo‘lganda, shuningdek, joriy oy uchun abonent to‘lovi to‘langan hollarda taqdim etiladi.
  • Xizmatni faqat 1, 3 yoki 7 sutkaga (24, 72, 168 soat) sotib olish mumkin.
  • Internet xizmatlarining amal qilish muddatini keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazish bilan xizmatni faollashtirish mumkin emas. Xizmatlarni hisob-kitob davri yakunlanishiga qadar qolgan kunlar sonidan ko‘p bo‘lmagan davrga sotib olish mumkin. Masalan: agar abonentning Internet xizmatlari uchun hisob-kitob davri 10-avgust kuni soat 15:00 dan 10-sentabr kuni 15:00 gacha belgilangan bo‘lsa va 9-sentabr kuni soat 15:00 dan keyin (24 soat) “TURBO - 500” xizmatini faollashtirishga harakat qilinganda, faollashtirishning imkoniyati bo‘lmaydi. Bunda, xizmat faollashtirilishi 9-sentabr kuni soat 15:00 gacha yoki 10-sentabrdan boshlab soat 15:00 dan keyin amalga oshiriladi.
  • Xizmatni sotib olish faqat “Shaxsiy kabinet” yoki MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
  • Mablag‘larni yechib olish jarayoni SMS-xabar orqali tasdiqlash kodi olingan vaqtda amalga oshiriladi. Tasdiqlangan xizmatni bekor qilish mumkin emas.
  • Xizmat faollashtirilganda, uning amal qilish davrida Internet tarmog‘iga, “TAS-IX” va “Uz-IX” tarmogʻiga kirish tezligi tarif rejasida belgilangan tezlikdan qatʼi nazar 500 Mbit/sekundga teng bo‘ladi.
  • Xizmatning amal qilish muddati tugashi bilan Internet, “Uz-IX” va “TAS-IX” tarmog‘iga kirish tezligi tarif rejasida belgilangan tezlikka muvofiq tiklanadi
  • Agarda Xizmatlardan biri SMS-xabar orqali tasdiqlash kodi yordamida faollashtirilgan, biroq undan foydalanilmagan bo‘lsa, yechib olingan pul mablag‘lari qaytarilmaydi.
  • Xizmatni faollashtirish SMS-xabar orqali olingan kod tasdiqlangan vaqtdan boshlab, amalga oshiriladi.
  • Xizmatni faollashtirish orqali abonent ushbu xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha shartlar bilan o‘zining to‘liq roziligini tasdiqlaydi.