Ushbu xizmat raqam toifasiga qarab har oyda abonent to‘lovi amalga oshirilishini nazarda tutadi.

Birinchi to‘lov xizmat faollashtirilgan vaqtda (raqam narxidan 4% miqdorida) hisoblanadi, keyinchalik to‘lov hisoblanishi keyingi 24 oy ichida (oylik 4%, jami 25 ta to‘lov) har bir kalendar oyining 1-kunida amalga oshiriladi.

Hisoblash miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan:
 
Toifa Standart narxi, so‘m Oylik to‘lov, so‘m

0 toifa

50 000 000

2 000 000

1 toifa

30 000 000

1 200 000

2 toifa

20 000 000

800 000

3 toifa

10 000 000

400 000

4 toifa

7 000 000

280 000

5-toifa

5 000 000

200 000

6-toifa

4 000 000

160 000

7-toifa

2 000 000

80 000

8-toifa

1 000 000

40 000

Birinchi to‘lov xizmat faollashtirilgan vaqtda (raqam narxining 10 %) hisoblanadi, keyinchalik to‘lov hisoblanishi keyingi 9 oy davomida (oylik 10%, jami 10 ta to‘lov) har bir kalendar oyining 1-kunida amalga oshiriladi.

To‘lov hisoblanishi miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan:
 
Toifa Standart narxi, so‘m Oylik to‘lov, so‘m

9 toifa

700 000

70 000

10 toifa

500 000

50 000

11 toifa

400 000

40 000

12 toifa

300 000

30 000

13 toifa

200 000

20 000

14 toifa

100 000

10 000

  • Tarif rejasini o‘zgartirganda xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarmaydi.
  • Agar Abonent raqami “Blokirovka” holatida bo‘lsa, joriy oy uchun xizmat uchun to‘lov hisoblanishi Abonent tomonidan to‘lov amalga oshirilganda va aloqa xizmatlaridan foydalanish qayta tiklangandan so‘ng amalga oshiriladi.
  • Xizmat uchun to‘lovlar eng yuqori ustuvorlikka ega. Agar Abonentning shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmasa, xizmat uchun to‘lov hamda tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi amalga oshirilgunga qadar raqam “Bloklangan” holatga o‘tadi. Agar abonent raqami “Bloklangan” holatda bo‘lsa, xizmat uchun to‘lov puli hisoblanmaydi.
  • “Raqam ijarasi” xizmati uchun muddatdan oldin to‘lovni amalga oshirish mumkin emas.
  • Raqam o‘zgartirilganda, pullik toifadagi raqam uchun to‘langan mablag‘lar qismi qaytarilmaydi.
  • Shartnoma bekor qilinganda, pullik toifadagi raqam uchun to‘langan mablag‘lar qismi qaytarilmaydi.
  • Raqam (shartnoma) qayta tiklanganda xizmat avval amalga oshirilgan to‘lovlarni hisobga olgan holda mablag‘lar yechilishini davom ettiradi.
  • Xizmatni ulash narxi - 0 so‘m, pullik toifadagi raqam qiymati bo‘yicha to‘lovlar “Raqam ijarasi” xizmati doirasida har oyda amalga oshiriladi.
  • Raqamning narxi xizmatga ulanish vaqtida belgilanadi va chegirmalar joriy etilganidan yoki pullik toifadagi raqamning narxi o‘zgarishidan qatʼi nazar, xizmat amal qilishining butun muddati davomida o‘zgarmaydi.
  • + 998 77 prefiksli raqam qayta rasmiylashtirilganda, raqamni qayta rasmiylashtirishning tasdiqlangan shartlariga muvofiq, “77 raqamini ijaraga olish” xizmati yangidan tayinlanadi (to‘lovlar sonining hisoblagichi yangidan qayta ishga tushiriladi, ijara uchun to‘lov qayta rasmiylashtirilgan kundan boshlab 25 (10) oy ichida amalga oshiriladi).
  • + 998 77 prefiksli raqam boshqa operatorlar (MNP) tarmog‘iga o‘tkazilganda va abonentda “77 raqamini ijaraga olish” xizmati faol holatda bo‘lganda (barcha 25 ta to‘lov sikli bo‘yicha to‘lov amalga oshirilmaganda), abonent raqamning to‘liq narxini amaldagi chegirmalarsiz to‘laydi.
  • + 99877 raqam resurslariga M2M basic, HUMO GSM, UZCARD GSM, UZMOBILE M2M, Uzmobile M2M yil tarif rejalaridan ulanish mavjud emas.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar