Megabaytlarni tezkor o‘tkazish

500 so‘m

Har bir muvaffaqiyatli o'tkazma uchun

  • Xizmatni faollashtirish

    SMS xabarni <qabul qiluvchining raqami 99XXXXXXX>bo'sh joy<MB hajmi>122 raqamiga yuboring

USSD-so‘rov orqali

  • Xizmat jismoniy shaxs abonentlari uchun amal qiladi.
  • Xizmat bir Abonentning (jismoniy shaxsning) boshqa Abonentga (jismoniy shaxsga) Internet-trafikning o'tkazilishini anglatadi.
  • Xizmat  Salom, Salom Plus, Step, Traffic, Komfort, Uzmobile 1200, Uzmobile 4000, Constructor, Uzmobile VIP, Yoshlar, Prosto 10, Delovoy, Street, Flash, Street Upgrade, Flash Upgrade tarif rejalaridan foydalanadigan abonentlar uchun amal qiladi.
  • Bir martalik o'tkazmaning narxi 500 so'm (xizmat narxi trafikni o'tkazuvchisi tomonidan to'lanadi).
  • 122-raqamiga chiquvchi SMS-xabarning narxi - 0 so'm.
  • O‘tkazilgan internet-trafikning amal qilish muddati - 7 kun.
  • Internet-trafikni quyidagi sotib olingan Internet-to'plamlardan o‘tkazish mumkin:
    • 30 kunlik Internet-to'plamlar;
    • avtomat uzaytiruladigan 30 kunlik Internet-to'plamlar (Internet-non-stop xizmati doirasidagi Internet-to'plamlar).
  • Shuningdek, “Internet-trafik o‘tkazmasi” xizmati doirasida o‘tkazilgan Internet-trafik ham o‘tkazilishi mumkin.
  • Tarif rejalari doirasidagi Internet-trafik va boshqa Internet-resurslar (TAS-IX, bonusli, kunlik, kunlik non stop Internet to'plamlari va aksiyalar doirasida Internet-to'plamlar) o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Bir vaqtning o'zida o‘tkaziladigan Internet-trafik hajmi 100MB, 200MB yoki 300MB ga teng.
  • Internet-trafikning maksimal hajmi:
    • qabul qiluvchi abonent uchun kuniga - 500 MB;
    • o‘tkazuvchi abonent uchun kuniga - 500 MB.
  • O‘tkazilgan/so‘ralgan Internet-trafik hajmi 100, 200 yoki 300 sonlari bilan ko'rsatilishi kerak.
  • O‘tkazmani amalga oshirish uchun abonentning shaxsiy hisobida yetarli miqdordagi mablag' bo'lishi kerak.
  • Agar jo'natuvchi "Internet-trafikni o‘tkazishni taqiqlash" xizmatini o'rnatmagan bo'lsa, o'tkazmani amalga oshirish mumkin.
  • Agar sotib olingan bir nechta Internet-to'plamlar bo'lsa, amal qilish muddati avval tugaydigan (lekin tugashiga 24 soat kam bo‘lmasligi kerak) trafik Internet-to'plamdan o'tkaziladi.
  • Qabul qilingan Internet-trafik umumlashtiriladi va billing tizimida “Internet-trafik o‘tkazmasi” xizmati orqali olingan Internet-trafikning umumiy miqdori ko'rsatiladi.
  • Internet-trafikni sarflash ustuvorligi:
    • Kundalik, kunlik va kunlik Internet to'plamlari;
    • "Internet-trafik o‘tkazmasi" xizmati bo'yicha olingan;
    • tarif rejasi doirasida;
    • TAS-IX uchun Internet-to'plamlar;
    • "Internet non-stop" xizmati doirasidagi Internet-to'plam;
    • Boshqa Internet-to'plamlar - ularni faollashtirish tartibida.
  • Internet-trafik o‘tkazmasini cheklash uchun abonentlar “Internet-trafik o‘tkazmasini taqiqlash” xizmatini *111*1*26*1# (o‘zbek tilida), *111*2*26*1# (rus tilida), *111*3*26*1# (ingliz tilida) yordamida o‘rnatib olishlari mumkin. Xizmat yoqtirilgandan so‘ng, xizmatni faqatgina “UZTELECOM” savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida o‘chirish mumkin.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar