Aloqada qoling  – EXTRA balans xizmatidan foydalaning.

  • Agar sizning balansingiz nolga yaqinlashib qolgan bo'lsa, u holda "EXTRA balans" xizmati bir zumda hisobingizni 1000 so'm yoki undan ortiq miqdorida to'ldirishingizga yordam beradi.
  • Mazkur xizmatdan 150 qisqa raqamiga SMS-so‘rov yuborish yoki *150# qisqa raqamida mavjud USSD-menyu yordamida foydalanish mumkin.
Hisobni to’ldirish mumkin bo'lgan summa
mablag’ miqdori, so'm
Xizmat narxi, so'm Qaytariladigan mablag’ miqdori, so'm

1 000

200

1200

3 000

600

3600

5 000

1000

6000

10 000

2000

12000

20 000

4000

24000

40 000

8000

48000

  • Xizmat blok holatidagi abonentlar, shuningdek, roumingda bo'lgan abonentlar uchun amal qilmaydi.
  • Qo`shimcha EXTRA balansni berilgan dastlabki avanslarni  qoplamasdan, ammo belgilangan avans limitini oshirmagan xolda qo'shimcha avans olishga ruxsat beriladi:
     
Tarmoqdagi faollik
davri, kun
So'nggi 90 kundagi oylik,
to'lovlar, so'm
Avans limiti, so'm

90 kundan ortiq

10 000 va ko'proq

1 000dan  40 000gacha

90 kundan kamroq

-

Taqdim etilmaydi

  • Minimal mablag' miqdori - 1000 so'm. Har bir Abonent uchun maksimal avans limiti turli bo'lishi mumkin. Ushbu limitni to'plashda so'nggi 3 oy davomida qilingan xarajatlar hisobga olinadi. Maksimal limitning hajmi avtomat ravishda ko'proq yoki kamroq miqdorga o'zgartirilishi mumkin - bu Abonent profilining ushbu xizmat doirasida o'zgarishiga bog'liq (tarmoqdagi faollik muddati, aloqa xizmatlariga ketgan xarajatlar, xizmatlardan foydalanish faolligi, shuningdek abonentning blok holatida bo’lish soni va davrini hisobga olgan holda).
  • “Ekstra balans” muddatsiz davrga taqdim etiladi, bunda asosiy avans va xizmat haqi Abonent tomonidan to’lov amalga oshirilganda avtomat ravishda avansni to’liq qoplash uchun yetarli miqdorda yechib olinadi. .
  • "EXTRA balans"  doirasida taqdim etilgan avans qiymasi va xizmat haqini to'liq yoki qisman to'lash mumkin. Avanslar “ ketma-ket tarzda qoplanadi, ya’ni dastlab birinchisi, so’ng ikkinchisi va va hokazo.
  • Sukut bo‘yicha xizmat tili - rus tilidir. Abonentlar USSD menyusida yoki tegishli buyruqni SMS tarzida yuborish orqali tilni o'zbek yoki ingliz tiliga o'zgartirishlari mumkin.
  • Agar Abonent ushbu xizmatni bloklagan bo'lsa, u holda SMS orqali xizmatdan foydalanish bo'yicha taklif qabul qilmaydi va agar avans olish uchun USSD/SMS orqali mustaqil so'rov yuborilgan bo'lsa, «EXTRA balans»ga nisbatan taqiq olib tashlanmagunga qadar, rad javobi beriladi.

SMS-so'rov uchun buyruqlar:

Limit talab qilish

LIST, L

EXTRA balansni mavjud  miqdorlari ro'yxati

40000

40 000 so'mlik avans so'rovi

20000

20 000 so'mlik avans olish so'rovi

10000

10 000 so'mlik avans olish so'rovi

5000

5 000  so'mlik avans olish so'rovi

3000

3 000 so'mlik avans olish so'rovi

1000

1 000  so'mlik avans olish so'rovi

 

Funksiyalar

HISTORY, H

Xizmatdan foydalanish tarixini tekshirish so’rovi

CREDIT, C, CRD

Hozirda to'lanmagan avanslarni tekshirish so’rovi

STATUS, S

Joriy muvofiqlik holatini tekshirish so’rovi

INFO

Xizmat haqida ko'proq ma'lumot olish so’rovi

HELP

Xizmat ko'rsatishni talab qilish buyruqlari ro'yxati

EN

Tilni ingliz tiliga o'zgartirish so'rovi

RU

Tilni rus tiliga o'zgartirish so'rovi

UZ

Tilni o'zbek tiliga o'zgartirish so'rovi

 

 

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar