Xalqaro Rouming xizmati nima va uning narxi qancha?

Rouming – bu O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida dunyo mamlakatlarida UZTELECOM SIM kartasi yordamida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi xizmatdir.
Roumingda asosiy mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lov mamlakatga bog‘liq bo‘lib, standart rouming tariflarga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, foydalanuvchilar arzon qo‘shimcha to‘plam va xizmatlardan foydalanishi mumkin.
 

  1. Barcha narxlar soliqlarni hisobga olgan holda milliy valyutada ko‘rsatilgan.

  2. Barcha qo‘ng‘iroqlarning narxi 1 daqiqa uchun, Interent narxi 1 MB uchun ko‘rsatilgan.

  3. Roumingdagi kiruvchi SMSlar bepul.

  4. Abonent roumingda bo‘lgan vaqtda Сall-markaziga amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar pullik bo‘lib, ushbu qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha to‘lovlar “O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq” narxi bo‘yicha hisoblanadi.

  5. Qo‘ng‘iroqlar shartli ravishda boshqa raqamga yo‘naltirilganda (Pereadresatsiya), boshqa raqamga yo‘naltirilgan qo‘ng‘iroqning narxi tegishli turdagi kiruvchi qo‘ng‘iroq narxi va chiquvchi qo‘ng‘iroq narxi bilan birgalikda qo‘shilgan holda hisoblanadi.

  6. Qo‘ng‘iroqlar to‘liq daqiqagacha yaxlitlanadi.

  7. Internet xizmatidan foydalanishda narxlanadigan ma’lumot kvotasi – 16 KB.

  8. Tarif zonalari ro‘yxatiga kiritilmagan mamlakatlar “Boshqa mamlakatlar” tarif zonasiga kiritiladi. 


Sayohat paytida mobil aloqa xizmatlari bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun boshqa mamlakatlarga ketishdan oldin Xalqaro rouming xizmatini holatini tekshirishni va agar xizmat ulanmagan bo‘lsa, uni O‘zbekiston Respublikasi hududida ulashni qat’iy ravishda tavsiya qilamiz.
 

Xalqaro Rouming xizmatini qanday faollashtirish yoki o‘chirish mumkin?

UZTELECOM roumingi bilan dunyoning istalgan davlatiga ta’til yoki xizmat safarida oilangiz, do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan aloqada bo‘ling!

Xalqaro Rouming xizmatini faollashtirish, o‘chirish va holatini tekshirish faqat faol holatda quyidagi xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali amalga oshirsa bo‘ladi:

1. MyUZTELECOM mobil ilovasi yordamida:

Xizmatlar→Mavjud→Rouming;

2. uztelecom.uz saytidagi Shaxsiy kabinet orqali;

3. *188# yoki *100*8# USSD-so‘rovi yordamida

4. UZTELECOM Telegram-boti orqali;

5. Onlayn-chat orqali. Bunda, siz pasport ma’lumotlaringizni taqdim etgan holda to‘liq identifikatsiyadan o‘tishingiz kerak bo‘ladi;

6. (Call-markaz) orqali:

 • 1099 yoki 1155 qisqa raqamlari orqali. Bunda, siz pasport ma’lumotlaringizni taqdim etgan holda to‘liq identifikatsiyadan o‘tishingiz kerak bo‘ladi;

7. UZTELECOM filialining sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari orqali. Bunday holda pasportingiz bo‘lishi kerak.

Xizmatni faollashtirish narxi va abonent to‘lovi – 0 UZS.

*  Davlatlar ro‘yxati va rouming-hamkorlar ro‘yxati bilan uztelecom.uz rasmiy veb-saytida tanishing

**Korporativ abonentlar uchun rouming xizmatlariga ulanish va oʻchirish uchun “Oʻzbektelekom” AK “O‘zMobile” filiali korporativ boʻlimiga yozma ariza bilan murojaat qilish kerak.
 

 

Sayohat vaqtida Xalqaro rouming xizmatini qanday faollashtirish mumkin?

Agar siz Xalqaro rouming xizmatini faollashtirmasdan boshqa mamlakatga borsangiz, sizning raqamingiz rouming-hamkorlar tarmoqlariga ulana olmaydi, ya’ni mobil qurilmangiz yoki smartfoningiz antennasi chiqmaydi. Demak, bunda chiquvchi yoki kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi, SMS-xabarlar almashish, internet va USSD-so‘rovlar ham ishlamaydi.

Bunday holda, Xalqaro rouming xizmatini yoqishning bir necha usullari mavjud:

1. MyUZTELECOM* mobil ilovasi yordamida

Siz tashrif buyurgan mamlakatda Wi-Fi orqali Internet tarmog‘iga ulanish nuqtalarini topishingiz va smartfoningiz orqali Wi-Fi ga ulanishingiz kerak.

MyUZTELECOM ilovasiga kirib:

Xizmatlar→Mavjud→Rouming xizmatni faollashtiring.

*Abonent O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqtida ilovani oldindan yuklab olgan va mobil raqamni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi kerak.

2. Onlayn Chat

Siz tashrif buyurgan mamlakatda Wi-Fi orqali Internet tarmog‘iga ulanish nuqtalarini topishingiz va smartfoningiz orqali Wi-Fi ga ulanishingiz kerak.

So‘ngra uztelecom.uz saytiga kirib →Onlayn chatga o‘tasiz→Operatorga yozma murojaat qoldirasiz.

*Bunday holda, siz pasport ma’lumotlaringizni taqdim etgan holda to‘liq identifikatsiyadan o‘tishingiz kerak bo‘ladi;


3. UZTELECOM Telegram-boti
Siz tashrif buyurgan mamlakatda Wi-Fi orqali Internet tarmog‘iga ulanish nuqtalarini topishingiz va smartfoningiz orqali Wi-Fi ga ulanishingiz kerak.

So‘ngra Telegram→Uztelecom Bot→Xizmatlar→Barcha xizmatlar→Roumingni faollashtiring.

*Abonent O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lganida avval Telegram-botda mobil raqamni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi kerak.

4. Agar Wi-Fi ga ulanishning iloji bo‘lmasa, boshqa raqamdan +998712001099 UZTELECOM mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin (raqamga qo‘ng‘iroqlar faqat chet eldan amalga oshiriladi va belgilangan tarif rejasida to‘lovlar shartga muvofiq yechib olinadi).

*Bunday holda, siz pasport ma’lumotlaringizni taqdim etgan holda to‘liq identifikatsiyadan o‘tishingiz kerak bo‘ladi;

Sayohat vaqtida roumingda aloqa xizmatlari bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun boshqa mamlakatlarga ketishdan oldin Xalqaro rouming xizmatini holatini tekshirishni va agar xizmat ulanmagan bo‘lsa, uni O‘zbekiston Respublikasi hududida ulashni qat’iy tavsiya qilamiz.

Xorijiy fuqarolar (norezidentlar) Xalqaro rouming xizmatini faollashtira oladimi?

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati cheklangan xorijiy fuqarolar (norezidentlar/turistlar) uchun rouming xizmatlari ko‘rsatilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridir.

Xorijiy davlat fuqarolari ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga (3-5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladigan yashash uchun ruxsatnoma) ega bo‘lsa ham, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanmaydi.

Qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS yuborish uchun roumingda raqamni qanday to‘g‘ri terish kerak?

Roumingda telefon raqamlari xalqaro formatda terilishi kerak: + [mamlakat kodi] [hudud kodi] [telefon raqami]

Masalan (qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS yuborish uchun):

  • Rouming-hamkorlar tarmoqlaridan O‘zbekistonga: +998 (shahar/operator kodi) (abonent raqami)
  • UZTELECOM abonentlari raqamiga: +998 99 (abonent raqami) yoki +998 95 (abonent raqami) yoki +998 77 (abonent raqami)
  • Xalqaro raqamga: +(mamlakat kodi) (shahar/operator kodi) (abonent raqami)

Roumingda hisob holatini qanday tekshirish mumkin?

Roumingda qanday qilib hisobni to‘ldirish mumkin?

1. MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali;

2. Har qanday to‘lov xizmatlari va platformalari orqali: roumingda internet faol holatda siz O‘zbekistondagi Zoomrad, CLICK, PAYME, OSON, va boshqa to‘lov xizmatlari va platformalari orqali hisobingizni to‘ldirishingiz mumkin.

3. “Tezkor o‘tkazmalar” xizmatidan foydalanish: *124*3*99XXXABCD#. (Jo‘natuvchi O‘zbekiston hududida bo‘lishi kerak)

4. EXTRA balans xizmati yordamida – *150#

5. uztelecom.uz sayti orqali hisobingizni to‘ldiring

Roumingda xarajatlarni qanday qilib kuzatib borish mumkin?

MyUZTELECOM mobil ilovasida, so‘nggi xarajatlarni ko‘rish (detalizatsiya) orqali.

Roumingda qanday qo‘shimcha xizmatlar mavjud?

XIZMAT TURI

Roumingda ishlaydimi?

USSD-so‘rovlar *100# va *111#

Ha

Qabul qilinmagan qo‘ng‘iroq

Ha

Tarmoqda

Ha

Chaqiruvni kutish

Ha

Konferensaloqa

Ha

Ovozli pochta

Ha

SMS-balans

Ha

Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish

Ha

EXTRA balans

Ha

Menga qo‘ng‘iroq qiling

Ha

Tezkor o‘tkazmalar

Ha

Roumingda aloqa bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa nima qilish kerak?

Avvalo, mobil telefoningiz Uzmobile rouming-hamkorlaridan birining tarmog‘iga to‘g‘ri sozlanganiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, 4G (LTE) yoki 3G yoki 2G rejimida rouming hamkor tarmog’iga ulanganligiga ham etibor bering, chunki rejimlardan biri rouming hamkor tarmog’ida ishlamasa smartfoningiz avtomatik tarzda boshqa rejimga almashmasligi mumkun. Bu holda siz mustaqil tazda smartfoningiz menyusidan «Режим сети» bo’limida 4G (LTE) dan 3Gga yoki 3G dan 2G rejimlariga o’tkazishingiz kerak bo‘ladi. Agar smartfoningiz rouming-hamkor tarmog‘iga avtomatik tarzda ulanmasa, dastlab albatta smartfoningizni o‘chirib-yoqing. Agar bu yordam bermasa, uni siz mustaqil tarzda smartfoningiz menyusidan «Вручную» rejimida tarmoqni tanlashingiz kerak bo‘ladi. Buni qanday qilish esa mobil telefoningiz qo‘llanmasida yoki smartfoningiz menyusida batafsil ko‘rsatilgan. Shuningdek, siz boshqa rouming-hamkor tarmog‘ini ham tanlashingiz mumkin:

Apple: Настройки → Сотовая связь → Выбор сети → Автоматически → Выключить → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
Samsung: Настройки → Подключения → Мобильные сети → Операторы сети → Sozlash lozim bo‘lgan SIM-kartani tanlang → Поиск сетей → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
Huawei: Настройки → Беспроводные сети → Мобильная сеть → Sozlash lozim bo‘lgan SIM-kartani tanlang → Оператор → Авто → Выключить → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
Xiaomi: Настройки → Беспроводные сети → SIM-карты и мобильные сети → Настройки SIM-карт → Мобильные сети → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang.

Roumingda mobil Internet ishlamasa qanday yo‘l tutish kerak?

Avvalambor albatta smartfoningizni o‘chirib-yoqing.

Agar yordam bermasa, u holda smartfoningizning internet sozlamalarini tekshirishingiz kerak:
Точка доступа (APN): Internet.uzmobile.uz  bo‘lishi lozim.

Internetni sozlash haqida batafsil: Internet sozlamalari
Shuningdek, 4G (LTE) yoki 3G yoki 2G rejimida rouming hamkor tarmog’iga ulanganligiga ham etibor bering, chunki rejimlardan biri rouming hamkor tarmog’ida ishlamasa smartfoningiz avtomatik tarzda boshqa rejimga almashmasligi mumkun. Bu holda siz mustaqil tazda tarzda smartfoningiz menyusidan «Режим сети» bo’limida 4G (LTE) dan 3Gga yoki 3G dan 2G rejimlariga o’tkazishingiz  kerak bo‘ladi.
Agar yordam bermasa, u holda smartfoningizda roumingda internetdan foydalanish funksiyasi yoqilganligini tekshiring. Agar yoqilgan bo‘lsa, unda smartfoningiz menyusidan «Вручную» rejimida boshqa rouming-hamkor tarmog‘ini mustaqil tarzda tanlashingiz kerak bo‘ladi:

Apple: Настройки → Сотовая связь → Выбор сети → Автоматически → Выключить → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
Samsung: Настройки → Подключения → Мобильные сети → Операторы сети → Выбрать SIM-карту, которую нужно настроить → Поиск сетей → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
Huawei: Настройки → Беспроводные сети → Мобильная сеть → Выбрать SIM-карту, которую необходимо настроить → Оператор → Авто → Выключить → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
Xiaomi: Настройки → Беспроводные сети → SIM-карты и мобильные сети → Настройки SIM-карт → Мобильные сети → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang.

Roumingda muammolar mavjud bo‘lsa, operatorga qanday murojaat qilish kerak?

Biz bilan bo‘g‘lanishning bir nechta yo‘li bor:

1. * Onlayn chatga murojaat qiling;

2. Ijtimoiy tarmoqlar orqali savol bering.

3. Kompaniya veb-sayti orqali Kompaniyaning abonent bo‘limiga murojaat yuborish.

4. *MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali: Ko‘proq→Yordam→Murojaat yuborish→ Operator bilan bog‘lanish.

5. UZTELECOM mijozlarni tun-u kun qo‘llab-quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998712001099 (raqamga qo‘ng‘iroqlar faqat chet eldan amalga oshiriladi, ya’ni abonent boshqa mamlakatda turib  ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin va birinchi mavjud operator tomonidan navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi. To‘lov belgilangan tariflar bo‘yicha yechib olinadi).

*Yuqorida ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatish kanallari orqali murojaat qilganingizda, siz pasport ma’lumotlaringizni taqdim etgan holda identifikatsiyadan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonning chegara hududlarida istiqomat qiluvchi abonentlar diqqatiga!

Agarda siz Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston chegaralariga yaqin hududlarda istiqomat qilsangiz, smartfoningiz avtomatik tarzda ushbu mamlakatlarning operatorlari tarmoqlariga ulanib qolishi mumkin.
Chet el operatori tarmog‘ida telefonni avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazish va shunga mos ravishda rouming tariflari bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun hisob-kitob qilish ehtimolini kamaytirish maqsadida UZTELECOM tarmog'ining qo'lda o‘zgartirish rejimini tanlashni va har doim telefon ekranida ko'rsatilgan operator nomiga e'tibor berishingizni tavsiya qilamiz. Chegara hududlarida rouming uchun ortiqcha xarajatlarning oldini olish uchun, Siz *188# yoki *100*8# USSD-so‘rovi orqali Xalqaro rouming xizmatini o‘chirib qo‘yishingizni tavsiya etamiz.

Savolingizga javob topmadingizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling!

1099