UZTELECOM Umra va Haj safarlarini amalga oshiruvchi ziyoratchilar uchun «ZAIN» (Saudiya Arabistoni) operatori orqali daqiqalar va Internetni o‘zi ichiga oluvchi xalqaro rouming xizmatining maxsus paketlarini yo‘lga qo‘ydi.

Bunday safarlar doirasida yaqinlaringiz bilan suhbatlashishingiz va o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin. Endilikda suhbat qilish yanada osonlashdi: agar siz UZTELECOM ning GSM standartidagi mobil aloqa abonenti bo‘lsangiz, SIM-kartangizni almashtirib o‘tirishingiz shart emas. Barcha qulayliklar siz uchun! Hoziroq ulanish imkoniyatidan foydalaning!

UZTELECOM o‘z abonentlarini qadrlaydi. Biz bilan dunyo kezing!
 
  • 50 daqiqa 1000 MB narxi – 150 ming so‘m;
  • 100 daqiqa 1000 MB narxi – 250 ming so‘m.
  • Shuningdek, 1 GB Internet 125 ming so‘m;
  • 2 GB Internet 250 ming so‘m;
  • 4 GB Internet 480 ming so‘m;
  • 6 GB Internet 700 ming so‘m.

Shunday qilib, Internet trafigi va daqiqalarni o‘z ichiga oluvchi yuqoridagi paketlarni faollashtirib, siz roumingda mobil aloqa xizmatlaridan 4-6 marta arzonroq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, faqat Internet-trafikni o‘z ichiga olgan yangi paketlarni faollashtirganingizda xizmatlar narxi roumingda Internet xizmatlariga standart tariflar bilan solishtirganda 8 martadan ko‘proqqa arzonlashadi.

Paketlarning amal qilish muddati 15 kun.

Saudiya Arabistondagi UZTELECOM abonentlari uchun Call-markazga qo’ng’iroqlar mutlaqo BEPUL: 
  • Rouming ma'lumotlar call-markazi: +998 71 200 10 99. 

Paketlardan foydalanish uchun abonent “Xalqaro rouming” xizmatini faollashtirishi lozim. Bunda, yuridik shaxslar uchun ulanish UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida amalga oshiriladi. “Mobil budjet” xizmati faollashtirilgan yuridik shaxslar “Rouming-paketlarni” o‘z individual shaxsiy hisobidan mobil ilova yoki USSD-so‘rov orqali faollashtirishi mumkun.

UZTELECOM – milliy operator!

Xalqaro rouming xizmatini ulash:

Roumingda balansni bilish

USSD so'rovini tering

*100*1#
Ulanishda yordam kerakmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling

1099