Xizmat davriy hisoblanadi. Xizmatning qamrov zonasi - O‘zbekiston Respublikasi, “UZMOBILE” GSM standarti tarmog‘i.  Xizmat abonentning “faol” holatida amal qiladi.

To‘plamlar doirasida taqdim etilgan SMS-trafik O‘zbekiston mobil aloqa abonentlariga chiquvchi SMS-xabarlarni yuborishda sarf qilinadi. Kontent xizmatlariga SMS xabarlar yuborish, xalqaro SMS xabarlarni yuborish amaldagi tariflarga muvofiq narxlanadi.

Xizmat doirasida ulanishdan keyin avtomat tarzda yangilanadigan  quyidagi kunlik SMS-to‘plamlar amal qiladi:


Paket Kunlik abonent to’lovi Sms soni Bildirish chegarasi Faollashtirish O‘chirish Holati
50 SMS Daily 420 so‘m 50 5 *111*1*19*1*1# *111*1*19*1*2# *111*1*19*1*3#
100 SMS Daily 840 so'm 100 10 *111*1*19*2*1# *111*1*19*2*2# *111*1*19*2*3#
Holatni tekshirish
USSD buyrug'ini tering *100*2#
SMS yuboring 1002 sonini 9999 raqamiga yuborish
  • Paketni ulash narxi:
    - 50 SMS Daily - 420 so'm;
    - 100 SMS Daily - 840 so'm.
  • Bir vaqtning o'zida Xizmat ichidagi to’plamlardan faqat bittasiga ulashingiz mumkin.
  • Bepul SMS lardan foydalanilgandan so’ng, keyingi xabarlar tarif rejasiga binoan narxlanadi.
  • Kun mobaynida ishlatilmagan SMS lar keyingi kunga o’tkazilmaydi.
  • Xizmat o'chirilgan so’ng Xizmat doirasidagi qolgan SMS lar joriy kunning oxirigacha amal qiladi.
  • Agar telefon bloklangan bo'lsa yoki hisobda pul etarli bo'lmaganda, SMS-trafik faqatgina faol holatga qaytganingizda va tegishli to'lovni amalga oshirilganda va xizmat narxini muvaffaqiyatli olinganda belgilanadi.
  • Raqam, tarif reja o'zgartirilganda, xizmat ko'rsatish shartlar o'zgarmaydi.
  • Xizmat doirasida boshqa SMS-to'plamni faollashtirish uchun, siz Xizmat ichidagi oldin faollashtirilgan SMS-to’plamni o'chirib qo'yishingiz kerak, bo holatda qolgan trafik amal qilish muddat oxirigacha saqlanadi.
  • Xizmat ichidagi SMS-to’plamlardan birini faollashtirgandan so'ng, paket to'xtatilguncha doimiy ravishda amal qiladi.
  • Traffik sarflash ustunligi: 
    1) Tarif rejasida kiritilgan SMS-limit; 
    2) "Har kunlik SMS" xizmati uchun faollashtirilgan SMS lar; 
    3) Xarid qilingan to’plam doirasida SMS-trafik.
  • Xizmat O'zbekiston Respublikasi hududida Uzmobile GSM (2G / 3G / 4G) tarmog'ining qamrovi doirasida amal qiladi.